Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet126/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Do‘stlik o‘zi bir oyna,
Sinsa aslo tuzolmas.
Do‘stligingiz chin bo‘lsa,
Uni dushman buzolmas.
Do‘stlik-bu muqaddas va o‘zilmas rishtadir. Do‘stlikni qadrlangan inson har doim murodlariga eta oladi. do‘stlik rishtalari tuzilgandan keyin o‘rtasidagi tabaqaga qaramay ular sirdosh, yaxshi-yomon kunlarida birga bo‘lishgan.
Hamma vaqt do‘st tutmoqni bilish kerak, chunki har kishining do‘sti ko‘p bo‘lsa, ayblari ham oshkora bo‘lmaydi, fazilatli ko‘payadi.
Unsurulmaolii Kaykovus aytganidek, «Odamlar haqida o‘ylab ko‘rki, ular sen bilan do‘stlik yo‘liga kiradilar, ammo yarimi do‘st bo‘ladilar, shundaylar bilan yaxshi munosabatda bo‘l, ular bilan har qanday yaxshi va yomon masalada do‘stlashgil, toki ular sendan ko‘p yaxshiliklarni ko‘rsa, keyinroq asta-sekin do‘st bo‘lurlar».
Iskandardan so‘radilarki, «Ozgina sarmoya bilan bunday ko‘p mamlakatni qanday xislat bilan qo‘lga kiritding?» - Iskandar: «Lutf va yumshoq muomala bilan dushmanlarni qo‘lga kiritdim, ahd-paymon yo‘li bilan do‘stlarni yo‘lga soldim, shu jihatdan ko‘p mamlakatni egalladim» - deb javob berdi.
Kishining do‘stsiz bo‘lganidan birodarsiz bo‘lgani yaxshidir. Luqmoni Hakimdan so‘radilar: «Birodar (aka-uka) yaxshimi yoki Do‘st?»-Donishmand javob berdi: «Birodar,-agar u do‘st bo‘lsa».
Aqlsiz odamlar bilan aslo do‘stlik qilib bo‘lmaydi, chunki aqlsiz do‘st aqlli dushmandan yomondir.
Do‘stlik haqida kishilarni ikki toifaga bo‘ladilar: birinchisi, do‘stlarning haqini bekorga ketkazuvchi; ikkinchisi, yaxshilikni yaxshi deb biluvchi.
Askariy birodarlik-bu asrlar qa’ridan bizga etib kelgan jangovar an’analaridan biridir. Biz yuqorida tilga olgan buyuk sarkarda Amir Temur jangchilarning o‘zaro do‘stligini o‘zaro ko‘makdoshligini jangda bir-birini qullab-quvvatlashini juda qadrlagan. «O‘zing nobud bo‘lsang-da, birodaringni qo‘lla!». Bu so‘zlar azaldanoq paytlardanoq Vatan himochisining shioriga aylanib ketgan edi.
Jangovar sharoitida askarning mardligi, jasurligi, chidamligi sinovdan o‘tadi. Yana uning askariy birodarlikka jangovar o‘rtoqlikka jangovar do‘stlikka sodiqligi ham sinovdan o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov sobiq askarlarning jasoratlariga munosib baho berdi: «Biz ulug‘ insoniy xislatlarni, Vatanni asrashni uni himoya qilishni agar zarur bo‘lsa ona er uchun hayotni qurbon qilishni sizdan o‘rganishimiz kerak».
Bizning askariy birodarlik an’analarimizda davomiylik, uzluksizlik bor. Bugungi avlodning jasorati qahramonligi dushmanga qarshi kurashda ayovsiz sinovlarga duch kelgan avlod jasorati qahramonligiga yaqindir.
qurolli Kuchlarimiz jangovar tarixidagi ko‘plab tarixiy misollar askariy birodarlik-Vatan himoyachisining jangovar an’analaridan biri askariy do‘stlik, o‘rtoqlik, birodarlik yaxshi an’ana va meros sifatida ishonchli qullarda ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibi askariy birodarlikni muqaddas bilib uni yanada mustahkamlanmoqdalar.
Shuni aytish keraki guruh rahbari o‘z qism va bo‘linmalarida askarlar orasidagi o‘zaro do‘stlik va birodarlik namunalarini misol qilib ko‘rsatishi, Mudofaa Vazirligining matbuot organi «Vatanparvar» gazetasi sahifalarida mazkur mavzuda chop etilayotgan maqolalardan foydalanishi mumkin.
Kimki, do‘stlikni avaylab uni qadrlasa har doim murod-maqsadiga etadi. Chunki yaxshi-yaxshi odamlarning chin do‘sti bo‘ladi. hardoim yaxshi va yomon kishiga birga bo‘lib uni engib o‘tmishda ko‘makdosh bo‘ladi.
Bejiz aytmaganlarkim: «Do‘st bo‘lish oson, uni asrash qiyin!».



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling