Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet123/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi ma’rifat ilm-fanni ham e’tirof qiluvchi irsiyat, ijtimoiy muhit va to‘g‘ri ta’lim-tarbiyadir.
Ogahiy ham Alisher Navoiy singari hayotni, butun dunyoni azim bir gulshanga o‘xshatadi va insonlarni undagi rangba-rang gullaridan zavqlanishga chaqiradi.
Xalqparvarlik va odamshinavandalik, yaxshilik va olijanoblik, hurmatlik va muruvvatlik, himmatlik va saxovatlik, shijoatlilik, mardlik va xayoli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, ezgulik istovchilarni tarbiyalanib katta qilmoqlik, sabr qanoat, mehnatdo‘stlik va kamtarlik, kasb-hunar o‘rganish, ilm-ma’rifatli bo‘lish kabilar Ogahiyning umumaxloqiy qarashlaridagi asosiy tushunchalardir. Kimki, ushbu axloqiy fazilatlarga ega bo‘lib, unga amal qilsa, barkamol insondir-deydi u. Ogahiy insondagi ijobiy-axloqiy fazilatlarini ko‘rsatib berish bilan kifoyalanmaydi, balki insonga xos salbiy xulq va odatlarni ham zukkolik bilan ko‘rsatib beradi.
Sharq mutafakkirlari ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlarida xalq pedagogikasi va Islom ta’limotidagi axloq-odob qoidalaridan harbiylarni insonparvar, vatanparvar, ma’naviy barkamol qilib voyaga etkazadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zligni anglash metodi ofitserlarning va butun harbiy xizmatchilarning tarbiyalashdagi eng yaxshi va o‘zini oqlagan metodlardan biridir. Chunki o‘zini avlod-ajdodlarini kim ekanligini anglagan har bir harbiy xizmatchi ular qanday ishlarni amalga oshirgan, qanday davlatlarni ko‘rgan, qanday kashfiyotlarni amalga oshirgan, qanday kitoblar asarlar yaratilganligini bilgandan so‘ng o‘zini shu insonlarni bolasi ekanligi va shu insonlarga o‘xshashiga harakat qilish, ularni ruhi oldida xizmat qilishi kerakligini anglab etadi.
O‘zligini anglashi va jamoatchilik bilan munosabatda bo‘lishidagi axloq-odob mezonlari:

  • Odamlar bilan ko‘rishganda birinchi bo‘lib salom berish va ularning salomiga alik olish;

  • Ustozlarga, ulug‘larga ergashish, ularni e’zozlash va ularga sadoqatli bo‘lish;

  • Oqko‘ngil, xolis niyatli, hayoli, andishali bo‘lish;

  • Dilozorlik, bezorilik qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, o‘ylamay qasam ichmaslik;

  • Odamlarga noo‘rin va’dalar bermaslik, bergan va’dani o‘z vaqtida bajarish;

  • Har doim, hamma joyda, hamma ishda uyat o‘limdan og‘ir ekanini bilish, sharmandalikdan uyalish, kechirimli bo‘lish;

  • qo‘ni-qo‘shnichilikda teng manfaatlarni hisobga olish;

  • El ichida obro‘ orttirish qiyin, obro‘ni to‘kish oson ekanini bilish;

  • Do‘st tanlashda adashmaslik, doim yaxshilar bilan bo‘lish, nodonlarga sir bermaslik;

  • Do‘stlikni ham farzandlarga meros qilib qoldirish;

  • Kimsalarga nisbatan tuhmat va ig‘vo qilmaslik;

  • O‘ziga ravo ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘rish;

  • Odamlarni imkoni boricha murosa-yu madoraga keltirish;

  • Ishda, tanlangan yo‘lda qat’iy bo‘lish, ikkiyuzlamachilik qilmaslik;

  • Tijoratda halol, iymonli, insofli bo‘lish, haromdan hazar qilish;

  • Ota-ona roziligini, duosini olishni vijdoniy burch deb tushunish;

  • Onadan qarzdorlikni etti xazina bilan ham uzish mumkin emasligini tushunish;

  • Farzandlarni yaxshi xulqlarga, mehnatga o‘rgatish, ularni noo‘rin maqtab, taltaytirib yubormaslik;

  • Aka-ukalar, opa-singillarning bir-birini izzat va hurmat qilishlari;

  • Ota-onaning farzandlariga o‘zlarining muomalasi, o‘zaro ahilligi bilan o‘rnak ko‘rsatishi;

  • Ota-onaning hech bir farzandini boshqasidan ortiq ko‘rmasligi;

  • Ayolning mehnatsevar bo‘lishi, uy-ro‘zg‘or ishlarini toza, pokiza yuritishi;

  • Er va farzandlar ayolning uydagi xizmatini qadrlashi va unga ko‘maklashishi;

  • Birovning aybini topib ustidan kulmaslik;

  • O‘zini katta tutmaslik, kibr-havoga berilmaslik;

  • Aybsiz kishilarga ig‘vo qilinganda befarq bo‘lmaslik;

  • Oralari buzilganlarni yarashtirib qo‘yish uchun «yolg‘on» so‘zlash mumkinligini hisobga olish;

  • Aldash niyati bilan odamlarga noto‘g‘ri maslahat bermaslik;

  • Xizmatini bajargan kishilarni insof bilan rozi qilish;

  • Badavlat kishilarni ortiqcha hurmat qilib, o‘zini erga urmaslik;

  • Boshqalarga etgan ofat va zarardan suyunmaslik;

  • Baxtli odamlarga hasad emas, havas bilan qarash;

  • Vatanni sevish, el-yurt manfaatlarini hamma narsadan ustun quya olish;

  • Vatan tarixini bilish, merosni o‘rganish, qadrlash;

  • Vatan, el-yurt istiqboli uchun fidoiylik ko‘rsata bilish.




Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling