ر
”ni ko’paytirib yuborish emas,
balki “
ر
” harfini talaffuz qilgan paytda til uchining tabiiy ravishda yengil
titrashidir” deyishgan. Ushbu ta’rifdagi takrir sifatisiz “ر”
harfini talaffuz
qilishning imkoni yo’q. Agar ushbu tarafdagi ulamolar aytgan takrir sifatini “ر”
harfiga
berilmasa, “ر” o’qilmay tushirib qoldirilgan bo’ladi
va bu holatda ham
jumlaning ma’nosi o’zgarib ketishi mumkin.
TAFASHSHIY
“Tafashshiy” so’zi lug’atda “yoyilish” degani.
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tovushning og’iz bo’ylab
yoyilib
chiqishi
tafashshiy deyiladi. Tafashshsiy harfi 1ta: ش
ISTITOLA
“Istitola” so’zi lug’atda “cho’zish” degani.
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tilning har to’rt
tarafi ham yuqoriga
ko’tarilgani sababli tilning o’rtasida qamalgan tovushni biroz cho’zish
istitola
deyiladi. Istitola harfi 1ta: ض
E’tibor bering! Istitola sifati “ض” harfi faqat
sukun yoki tashdid bilan
kelganida mavjud bo’ladi. Harakatli “ض” harfida istitola sifati bo’lmaydi.