ITBOQ
“Itboq” so’zi lug’atda “yopishtirish” degani.
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tilning
biroz oldiroq yuza qismini
yuqori tanglayga yopishtirish
itboq deyiladi. Itboq harflari 4ta bo’lib, ular:
ظ ط ض ص
E’tibor bering! “ظ ط ض ص” harflarida ham itboq, ham isti’lo sifatlari mavjud
bo’lgani sababli “ق غ خ” harflariga nisbatan yana-da yo’g’onroq talaffuz qilinadi.
INFITOH (itboqning ziddi)
“Infitoh” so’zi lug’atda “ochish’ degani.
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tilni
yuqori tanglayga yopishtirmay,
ochiq qoldirish
infitoh deyiladi. Infitoh harflari 24ta bo’lib, ular:
ث ت ب أ
ي ه و ن م ل ك ق ف غ ع ش س ز ر ذ د خ ح ج
IZLOQ
“Izloq” so’zi lug’atda “ravon qilish”, “yengillashtirish” degani.
Istilohda esa – harfni til va lab uchidan yengil
va ravon talaffuz qilish izloq
deyiladi. Izloq harflari 6ta: ن م ل ف ر ب
ISMOT (izloqning ziddi)
“Ismot” so’zi lug’atda “to’sish”, “og’irlashtirish” degani.
Istilohda esa –
harfni bosim bilan, og’irroq talaffuz qilish
ismot deyiladi.
Ismot harflari 22ta bo’lib, ular: ي ه و ك ق غ ع ظ ط ض ص ش س ز ذ د خ ح ج ث ت أ
*****
Do'stlaringiz bilan baham: