E’tibor bering! Ushbu harflar harakatli holatida yumshoq talaffuz qilinadi,
ammo cho’zilmaydi, faqat sukunli holatida ko’proq cho’zib talaffuz qilinadi.
BAYNIYYA (shidda va raxovaning o’rtasidagi sifat)
“Bayniyya” so’zi lug’atda “o’rtacha”, “oraliq” degani.
Istilohda esa – harfning maxraji qisman berkilishi sababli ozroq cho’zib, biroz
yumshoq talaffuz qilish bayniyya deyiladi. Ushbu sifat “tavassut” deb ham
ataladi. Bayniyya harflari 5ta bo’lib, ular: ن م ل ع ر
E’tibor bering! Ushbu harflar harakatli holatida biroz yumshoq talaffuz
qilinadi, ammo cho’zilmaydi, faqat sukunli holatida ozroq cho’zib talaffuz qilinadi.
ISTI’LO
“Isti’lo” so’zi lug’atda “yuqoriga ko’tarish” degani.
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tilning orqa tomonini yuqoriga
ko’tarib, yo’g’on o’qish isti’lo deyiladi. Isti’lo harflari 7ta bo’lib, ular:
ق غ ظ ط ض ص خ
Mulohaza! Ba’zi kitoblarda isti’lo sifati “og’izni to’ldirib, ovozni yo’g’on
qilib o’qish” deb ta’riflangan. Bu o’rinda aytish kerakki, og’izni to’ldirish
deganda og’izni havo bilan to’ldirish emas, balki tilning orqa tomonini yuqoriga
ko’targan paytda og’izning yuqori qismining til bilan to’lishi nazarda tutilgan.
E’tibor bering! Isti’lo sifati ba’zan kuchli, ba’zan zaif bo’ladi. Isti’loning 5ta
darajasi bor:
1-darajali (eng kuchli) isti’lo: istilo harfi fathali bo’lib, undan keyin mad alif
kelsa. Masalan:
َلاَق
َباَطَف
2-darajali isti’lo: isti’lo harfi fathali bo’lib, ammo undan so’ng mad alif
kelmasa. Masalan:
ليِلَق
ليِوَط
3-darajali isti’lo: isti’lo harfi domma bilan kelsa. Masalan:
لُق
اًناَي غُط
4-darajali isti’lo: isti’lo harfi sukun bilan kelsa. Masalan:
راَد قِم
ُل َو طَأ
Do'stlaringiz bilan baham: |