Harflarning sifatlari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-6 dars (SIFATLAR) pdf 230201 174238 230210 104027
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriziy sifatlar
HARFLARNING SIFATLARI “Sifat” so’zi lug’atda “holat”, “kayfiyat”, “xususiyat” degani. Istilohda esa – harflarning talaffuz qilingan paytidagi holatlari “harflarning sifatlari” deyiladi. Harflarning sifatlari umumiy ikki qismga bo’linadi: lozimiy sifatlar va oriziy sifatlar. Lozimiy sifatlar deb – bir harfda boshqa harflarning sababidan paydo bo’lmagan, balki har bir harfning aslida mavjud bo’lgan sifatlarga aytiladi. Masalan: hams, isti’lo, qalqala, g’unna kabi. Oriziy sifatlar deb – bir harfda boshqa harflarning sababidan paydo bo’ladigan sifatlarga aytiladi. Masalan: idg’om, ixfo, mad kabi. Lozimiy sifatlar ikki qismga bo’linadi: ziddi bor sifatlar va ziddi yo’q sifatlar. Ziddi bor sifatlar 5ta bo’lib, har birining ziddi bilan hisoblanganda jami 11ta. Ular quyidagilar: 1. Hams (ziddi jahr); 2. Shidda (ziddi bayniyya va raxova); 3. Isti’lo (ziddi istifola); 4. Itboq (ziddi infitoh); 5. Izloq (ziddi ismot). HAMS “Hams” so’zi lug’atda ‘yashirin’, “maxfiy” degani. Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tovush paychalarining titramasligi sababli havo oqimi bilan, jarangsiz chiqishi hams deyiladi. Hams harflari 10ta bo’lib, ular: ه ك ف ص ش س خ ح ث ت E’tibor bering! Ushbu harflardan “ت” va “ك” harflarida faqat sukunli holatida hams sifati mavjud bo’ladi. JAHR (hamsning ziddi) “Jahr” so’zi lug’atda ‘oshkora” degani. Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tovush paychalarining titrashi sababli havo oqimisiz, jarangli chiqishi jahr deyiladi. Jahr harflari 18ta bo’lib, ular: أ ي و ن م ل ق غ ع ظ ط ض ز ر ذ د ج ب SHIDDA “Shidda” so’zi lug’atda “qattiq” degani. Istilohda esa – harfning maxraji bir marotaba to’liq berkilib qolishi sababli tez va qattiq talaffuz qilish shidda deyiladi. Shidda harflari 8ta bo’lib, ular: أ ك ق ط د ج ت ب RAXOVA (shiddaning ziddi) “Raxova” so’zi lug’atda “yumshoq” degani. Istilohda esa – harfning maxraji umuman berkilmasligi sababli ko’proq cho’zib, yumshoq talaffuz qilish raxova deyiladi. Raxova harflari 15ta bo’lib, ular: ي ه و ف غ ظ ض ص ش س ز ذ خ ح ث Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling