Hasharotlar ekologiyasi
Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi
Download 79.32 Kb.
|
Hasharotlar ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri qanotlilar (Phosmoptera) turkumi.
Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi.
Beshiktervatlar – ancha yirik yirtqich hasharotlar bo‘lib, ko‘pchilik turlari tropik qit’alarda tarqalgan, jumladan Rossiya da 20 tacha turi ma’lum. Tanasi cho‘ziq, boshi harakatchan, katta qanot va qorincha kattagina, oldingi oyoqlari yirtqichlikka moslashgan. Og‘iz apparati kavshovchi tipda tuzilgan. Beshiktervatlar oldingi oyog‘ining dumg‘azacha qismi ancha uzun. Son va boldirining ichki qismida o‘tkir tishchalar joylashgan. Beshiktervat odatda, ovlanadigan hasharotlarni harakatsiz poylaydi. Birorta hasharot yaqinlashishi bilan tashlanib, oldingi oyoqlari bilan ushlaydi va buklanganda qaychiga o‘xshab ishlaydigan oyoqlari orasidagi majruh “ovini” ushlab yeydi. Beshiktervatlar nihoyatda xo‘ran bo‘lganligidan zararli hasharotlar (jumladan shiralar) ni yo‘qotish bilan insonga ma’lum foyda yetkazadi. Tanasining rangi yashash muhitiga mos (ko‘pincha yashil, ba’zilari jigar rang) bo‘lganidan dushmanlari (qushlar) dan yaxshi himoyalangan. To‘g‘ri qanotlilar (Phosmoptera) turkumi. To‘g‘ri qanotlilar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan: boshqa turlarga qaraganda ancha yirik, ko‘plab ko‘payish xususiyatiga ega. Ko‘pchiligi o‘simlikxo‘r hasharotlardir. Bularning tik joylashgan va harakatchan boshida juda uzun yoki o‘rtacha uzunlikdagi mo‘ylov, murakkab va sodda ko‘zlar, og‘iz hamda kavshovchi og‘iz apparati joylashgan. Urg‘ochilarida esa tuxum qo‘yuvchi o‘simta rivojlangan. Ko‘pchilik turlarida eshitish organlari va ovoz chiqarish xususiyati taraqqiy etgan 20 minggacha turni o‘z ichiga oladi. Bulardan Rossiyada 70 tasi uchraydi. Bu kichik turkumga mansub turlarining hammasida mo‘ylovlar juda uzun, eshitish organi oldingi oyoqlarining son qismiga joylashgan. Qora chigirtkalar haqiqiy chigirtkalardan kichikroq, ko‘pincha qora, ba’zi turlari ko‘kish yoki jigar rang, kuchli ovoz chiqaradi (chiyillash). Ko‘pchiligi kech kirishi bilan aktivlashadi. Bular ovozni chap qanotidagi “kamoncha” (tishchalar) ni o‘ng qanotining “oynakcha” pardasiga ishqash yo‘li bilan chiqaradi. 4 bo‘g‘imli; tuxum qo‘yuvchi o‘simtalari har xil. Ba’zilarida o‘roqsimon qayrilgan. eshitish organi xitin parda va unga tutashgan nerv tolalaridan tuzilgan. Qo‘shilishda erkaklari spermatoforalarini urg‘ochisining jinsiy yo‘liga ilashtirib qo‘yadi. Tropik o‘rmonlarda yashovchi qora chigirtkalarda himoya shakli yaxshi rivojlangan. Ba’zilarining qanoti o‘simlik bargiga o‘xshaydi. Bular orasida o‘simlikxo‘r, yirtqich yoki aralash ovqatlanadigan guruhlari ma’lum. Rossiyada oddiy qora chigirtka, nim yashil qora chigirtka, oranjereya qora chigirtkasi va Kavkaz g‘orlarida uchraydigan g‘or qora chigirtkasi va boshqa turlari tarqalgan. Buzoqboshsimonlar katta oilasiga oddiy buzoqboshilar va mayda chigirtkasimon parmalovchilar kiradi. Buzoqboshilar sirtidan chigirtkasimonlardan birmuncha farq qiladi. Bularning kalta va muskullashgan oyoqlari yer kovlashga moslashgan, qanotlari kalta, boshi katta – yapaloqlashgan; tanasi 3,5 – 5 sm. Ko‘proq zax tuproqda uya kovlab, kechasi aktivlashadi. O‘simlik ildizi, mayda hasharot va chuvalchanglar bilan ovqatlanadi. Buzoqboshlilar chigirtkasimonlarga o‘xshamagan maxsus ovoz chiqaradi. Ular Osiyo, Kavkaz, Ukraina va boshqa respublikalarda ko‘p tarqalgan. Kartoshka, sabzavot, g‘o‘za kabi ekinlarga ularni ildizini qirqishi bilan ma’lum zarar yetkazadi. Kichik qora chigirtkasimonlar (parmalovchilar) deb nomlangan hasharotlar sirtidan qora chigirtkalarga o‘xshaydi, lekin ulardan birmuncha farqlanadi. Ular oyoq kurakchalarining uch bo‘g‘imli bo‘lishi, tuxum qo‘yuvchi o‘simtasining to‘g‘riligi, ovoz chiqaradigan organlarining boshqacharoq tuzilishi bilan qora chigirtkadan farq qiladi. Ba’zilarida qanotlari kichik yoki yo‘qolgan. Bularning bir qancha turlari O‘rta Osiyo, Kavkaz va Yevropaning sharqi – janubiy qismidagi dalalar yoki yaylov va tog‘ oldi rayonlarida ko‘p tarqalgan. Poya parmalovchisi Uzoq Sharq va O‘rta Osiyoning ekinzorlarida ko‘p uchrab, bir qancha madaniy o‘simliklarga (jumladan, g‘o‘zaga) zarar yetkazadi. Kalta mo‘ylovli to‘g‘ri qanotlilar (Brachycera) kichik turkumiga haqiqiy chigirtkalar kiradi. Ular mo‘ylovlarining kaltaligi, tanasining birmuncha katta bo‘lishi, ovoz chiqarish va eshitish organlari va tuxum qo‘yuvchi o‘simtasining boshqacharoqligi bilan oldingi kichik turkum avlodlaridan ajralib turadi. Chigirtkalarning ovozi orqa oyog‘ining ust qanot “tola” lariga ishqalishi natijasida hosil bo‘ladi. Timponal (eshitish) organi bularning oldingi qorincha bo‘g‘imi yon tomonida joylashib, xitin bilan o‘ralgan maxsus parda shaklida tuzilgan. Chigirtkalar – ko‘plab va tez ko‘payadigan hasharotlardir. Ko‘pchilik turlari kuzda tuxumini tuproqqa qo‘yadi. Tuxum qo‘yuvchi o‘simta vositasida yerni kovlab maxsus bezdan ajratgan suyuqlik chiqarib, u yerda tuxum qo‘yuvchi “ko‘zacha” hosil qiladi. Keyin “ko‘zacha” ichiga 150 tagacha qo‘yadi (ayrim hollarda 1 kvm yerda 1800 tagacha shunday “ko‘zacha” bo‘lib, ulrning har biridan 100-120 tagacha lichinka chiqadi). Bahorda bu xildagi “ko‘zacha” lardan yetishib chiqqan qanotsiz lichinkalar o‘simliklar bilan oziqlanib tez (30-40 kunda) o‘sib, voyaga yetadi. “Gala bo‘lib” yashaydigan bir qancha chigirtkalar (Osiyo chigirtkalari, Uchqirlar, Marokash chigirtkasi, sahro chigirtkasi, qizil chigirtka) ning lichinkalari nihoyatda katta to‘dalar hosil qilib, o‘z yo‘lida uchragan daraxt, buta, ekin va o‘tlarni butunlay yeb, ma’lum yo‘nalishda harakat qiladi. Ular yetilib qanot paydo qilgach, daraxt va ekinni qiruvchi katta ofatga aylanadi. Osiyo chigirtkasining lichinkalari bu xildagi migratsiya davrida 30-40-50 km gacha, ulg‘ayganlari esa 300-500 km gacha harakat qilib, o‘z yo‘lidagi o‘simliklarni to‘la ravishda qirib tashlaydi. Bu xildagi chigirtka “gala” larining uzunligi bir necha o‘n km ga, balandligi esa 10-15 m ga yetishi mumkin. Bu xildagi xavfli chigirtkalar ma’lum rayonlar (O‘rta Osiyo Janubiy Qozog‘iston, Janubiy Ozarbayjon, Azov dengizi havzasi) da bo‘lgan. Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Xindiston yarim orolida chirgirtka ko‘payadigan “o‘choq” lar mavjud. Ko‘rsatib o‘tilganlardan boshqa “yakka yashovchi” chigirtkalar ham ayrim yillarda qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikka katta zarar yetkazadi. Download 79.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling