Hasharotlar ekologiyasi
Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar
Download 79.32 Kb.
|
Hasharotlar ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar.
Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar.
Qo‘ng‘izlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitida yashaydi. 250 mingdan ortiq turi ma’lum. Ko‘krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost qanoti yupka – nozik, ost qanot uchishga xizmat qiladi. Ba’zan soddalashgan qo‘ng‘izlarda ost qanot yo‘qolib, ust qanot qo‘shilib o‘sib ketgan. Og‘iz organi kavshovchi tipda aylangan. Qo‘ng‘izlar turlicha katta – kichiklikda va turli rangda bo‘lib, qo‘pincha ularning tusi – tashqi muhit ko‘rinishidan aniq ajraladi. Boshida turli shaklidagi bir juft mo‘ylov, murakkab va sodda ko‘zlar, kuchli rivojlangan kavshovchi og‘iz organi joylashgan. Qalqonsimon xitin bilan himoyalangan ko‘krak bo‘g‘imlarida turli avlodlarida xilma – xil tuzilgan oyoqlar joylashgan. Nafas olish (traxeya) - sistemasi yaxshi rivojlangan. Qo‘ng‘izlarda turli sassiq hidli yoki zaharli moddalar ajratuvchi bezlar taraqqiy etgan. Bular “dushman” ni cho‘chitish yoki zada qilishga yordam beradi. Azotli birikmalar “bombachi” qo‘ng‘izlar mazkur moddani havoda “portlatib” dushmanni qochiradi. Qo‘ng‘izlar nerv faoliyati va instinkt ham kuchli rivojlangan. Ba’zida qo‘ng‘izlarning urg‘ochisi yog‘och qirindilaridan foydalanib, lichinkalarining ozig‘i uchun zamburug‘ “ekib” ko‘paytirsa, so‘ng qo‘ng‘iz bu maqsadda go‘ng to‘plab go‘ngdan lichinka ozig‘i tayyorlaydi. Chumoli uyalarida yashovchi qo‘ng‘iz lichinkalarini chumolilarga “boqtirib” ko‘payadi. Bir qancha qo‘ng‘izlarning lichinkalari suvda, ko‘pchilik turlarining lichinkasi tuproqda yoki turli chirindilar orasida rivojlangan. Hamma lichinkalarida bosh yaxshi rivojlanib ko‘pincha ko‘krak oyoqlari o‘rtacha kattalikda (ba’zi qo‘ng‘iz lichinkalari - oyoqsiz) bo‘ladi. Suvda rivojlanadigan lichinkalari terisi bilan yoki traxeya jabralari yordamida nafas oladi. Bularda ham o‘ziga xos himoya vositasi: kuchli jag‘lar yoki hidli va zaharli moddalar ajratish xususiyati vujudga kelgan. Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar. Kapalaklar yer yuzida tarqalishi va xilma – xilligi jihatidan birinchi o‘rinni egallagan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hasharotlardir. Og‘iz organi so‘ruvchi (xartumcha) tipda, qanotlari tangachalar bilan qoplangan, qurt deb nomlanuvchi lichinkalari ko‘krak oyoqlaridan boshqa 3 – 5 juft qorincha oyoqlari bor. Tanasi ixcham tuzilgan, boshida bir juft turli shakldagi uzun mo‘ylovi, ostki jag‘larining o‘zgarishidan rivojlangan ikkita tarnovcha shaklidagi so‘ruvchi og‘iz organi (bular bir – biriga tutashib, xartumcha hosil qiladi) bor. Xartumcha ancha uzun, u tinch holda o‘ralib buklangan bo‘ladi. Ustki jag‘, ostki lablarning paypaslovchilarigina saqlangan. Kapalakning qanotlari (ayniqsa, ustqanot) katta va turli shakldagi nozik va yupqa tangachalar bilan qoplangan. Bular ma’lum tartibda biri – ikkinchisining asosini qoplab joylashgan. Hid tarqatuvchi bezlar yaxshi rivojlangan (ba’zi turlarda tangachalar hid tarqatadi). Kapalaklar (xususan issiq qit’alarda tarqalgan turlar) keng qanotlari chiroyli ranglarda tovlanadi. Rangni tangachada bo‘lgan pegmentlar vujudga keltiradi. Katta yoshli kapalaklar hammasi deyarli gul sharbati, ba’zilari o‘simlik shoxchasi, bargi yoki tanasidan ajratilgan sharbat bilan oziqlanadi. Qurti ba’zan o‘ziga nisbatan ancha katta bo‘lib, hammasida og‘iz organi kavshovchi (kemiruvchi) tipda tuzilgan. Qurtlar turli shakllarda bo‘lib, ko‘pida tuksimon xitin o‘simtalar rivojlangan. (Tikanda qurtda bular uzun tikanchalarga aylangan). Qurtlarda uch juft ko‘krak oyoqlari va qorincha bo‘g‘imida 3 – 5 juft soxta oyoqlar bor. Tanasining shakli, rangi va tikanchalar ularni “dushman” dan yaxshi himoya qiladi. Bir qancha qurtlar tana shaklini o‘zgartirib “qo‘rqitish” holatiga yoki himoya shakli holatiga o‘tadi. Kapalak qurtlarining hammasi, deyarli o‘simlik mahsuloti bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham bu hasharotlarning ko‘pchiligi o‘rmonzorlar, meva daraxtlari va deyarli hamma ko‘katsimon madaniy o‘simliklarga katta zarar yetkazadi. O‘rmonzorlar va meva daraxtlarining eng yovuz dushmani – soxta ipak qurtlaridir. Bularning bir qancha urug‘i (avlodi) masalan, porteriyalar, yakka – soxta ipak qurti (porteriya dispar), tillako‘z kapalak (nugmiya), qarag‘ay kapalagi, halqali qurt (malakosoma) va boshqalar igna bargli va yaproqli o‘rmon daraxtlariga va shuningdek bir qancha meva daraxtlarining niholcha va barglarini yeb katta zarar keltiradi. Bularga yaqin bo‘lgan odimchi qurt, kuzgi odimchi ham meva – bog‘ daraxtlarining zararkunandasidir. O‘rta Osiyo va unga qo‘shni oblastlarda bulardan tashqari barg parvonasi (kurtak, barg va gul zarakunandasi), olma qurti, olma kuyasi, g‘ilofli kuya, tirdak kuya, bahorgi ko‘k kapalak, mo‘riqurt va boshqalar olma, nok, behi, o‘rik, bodom va boshqa meva daraxtlarining bargi, tanasi va mevasiga katta shikast yetkazib, ba’zi hollarda meva hosilini kamayishiga, hatto bog‘larni qurishiga sabab bo‘ladi. “Kuzgi qurt” lar kuzgi bug‘doyning yangi ungan maysasiga katta ziyon yetkazadi. Chunki, uning kapalagi 2 mingtagacha tuxum qo‘yib, ko‘payadi, qurtlar esa juda xo‘ran bo‘ladi. Qishlagan tuxumlaridan bahorda chiqqan kapalagi yozda yovvoyi o‘tlarga tuxum qo‘yib ko‘payib, kuzda ulardan “kuzgi qurt” yetishadi. Poliz – sabzavot ekinlari o‘rtasida karam qurti (oq karam kapalagi) eng zararkunanda hasharotlardan. U karam va boshqa sabzavot ekinlariga ziyon yetkazadi. Bulardan boshqa cho‘p xaltachisi, makkajo‘xori kuyasi, ko‘sak qurti, ko‘k qurt, yovvoyi tunlam kabi kapalaklarning qurtlari O‘rta Osiyo va qo‘shni rayonlarning g‘alla makka, sabzavot (pomidor, karam) beda va boshqa ekinlarga katta zarar yetkazib, hosilni kamaytiradi. Ko‘sak qurti, g‘o‘za kuyasi, g‘o‘za barg qurti (karadrina) g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandasi. Ko‘k qurt tunlami ko‘paygan ayrim yillarda paxta hosili kamayib ketadi. Asalarichilik xo‘jaliklariga ziyon yetkazadigan asalari kuyasi asalalari uya (yashik)larida paydo bo‘lib, uya (mo‘m) va ari g‘umbaklarini kemirib oziqlanadi va xavfli zararkunanda hisoblanadi. Ombor, ro‘zg‘or va tayyor mahsulot zararkunandalari – un kuyasi (mitaga almashtirilmasin) ning qurti un mahsulotiga zarar yetkazib, achitadi; jun kuyasi – gilam, mo‘yna, jundan to‘qilgan kiyim – kechak va h.k.larga tuxum qo‘yib ko‘payadi va ko‘rsatilgan narsalarni qirqib katta zarar keltiradi. Ipak qurt kapalagi oziqlanmay, qisqa yashaydigan hasharot. Uning tuxumi (urug‘i) dan chiqqan qurt tut bargi bilan oziqlanib, bir necha marotaba po‘st tashlash (“uxlash”) bilan rivojlangach, ipak bezlaridan ipak tolasi ajratadi va mazkur toladan pilla o‘rab, g‘umbakka aylanadi. Qurt 30 – 40 kun mobaynida rivojlanib, pilla o‘raydi. Har bir dona pillada o‘rtacha 1000 m uzunlikda chidamli ingichka ipak tolasi bor. Pillakashlik fabrikalarida pillani “pishirib” ipak ajratib olinadi. (Hozir 1200 m uzunlikda tola beruvchi zotlar bor). Pilla va undan olinadigan tabiiy ipak sanoat va texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Ipak qurti O‘zbekiston, boshqa O‘rta Osiyo respublikalari, Ozarbayjon va boshqa janubiy oblastlarda boqiladi. Har yili Rossiyada bir necha ming tonna yuqori sifatli pilla olinadi. Ipak qurti Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ham boqiladi. Download 79.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling