Hasharotlar ekologiyasi


Pashshalar yoki ikki qanotlilar (Diptera) turkumi


Download 79.32 Kb.
bet8/10
Sana21.06.2023
Hajmi79.32 Kb.
#1640635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hasharotlar ekologiyasi

Pashshalar yoki ikki qanotlilar (Diptera) turkumi.
Ikki qanotlilar – turlar sonining ko‘pligi va xilma – xilligi bilan birinchi o‘rinni egallagan va yer yuzida eng ko‘p tarqalgan hasharotlardan biri. Ikki qanotlilar tanasi ixcham tuzilgan, og‘iz organi sanchuvchi – so‘ruvchi tipda, ko‘krak bo‘g‘imlarini katta va faqat ustqanoti saqlangan. Murakkab katta ko‘zi boshining katta qismini egallagan, mo‘ylovlari uzun – parsimon yoki kalta; ko‘krak bo‘g‘imlari xitin bilan qoplangan, qorincha qismi kattaroq bo‘ladi. Oyoqlari har xil uzunlikda. Ust qanoti yaxshi rivojlangan, ost qanotida faqat kalta o‘simta saqlangan (u uchish harakatini tekislashga xizmat qiladi, ba’zilarida uchganda ovoz chiqaruvchi varilloqqa aylangan). Tanasining ustki qalin sezgir xitin tukchalar bilan qoplangan. Kalta mo‘ylovlari pashshalarda oyoq uchidagi tukchalar maza bilishga ham xizmat qiladi. Pashshalar – juda harakatchan, uchqur hasharotlardir.
Lichinkalar oyoqsiz; lekin uning tanasidagi turli o‘simta va tukchalar ko‘pincha harakatga yordam beradi. Uzun mo‘ylovli pashshalarning suvda yashaydigan lichinkalarida bosh, og‘iz organlari va ko‘pining dum qismida turli o‘simtalar rivojlangan. Bu qurtlarning ko‘pchiligi suvning betiga ko‘tarilib, havodan nafas oladi. Kalta mo‘ylovli ikki qanotlilarning qurtlari kam harakat. Ular ko‘pincha chirindilar, go‘sht, tezak yoki najasda rivojlanadi. Bo‘kalar, so‘nalar chorva mollaridan; qoramol, qo‘y, echki, tuya kabilarga zarar yetkazadi. (volferat pashshasi).
Uzun mo‘ylovli pashshalar (Nematocera) kichik turkumiga mansub ikki qanotlilarning oyoqlari, mo‘ylovi juda uzun va tukli. Qurtlarining boshi katta, tanasi taksimon o‘simtalar bilan qoplangan; og‘iz organi yaxshi rivojlangan. Bu qurtlarning deyarli hammasi suvda yashab, o‘simlik, chirindi yoki hayvonlar bilan oziqlanadi. G‘umbagi harakatchan.
Chivin (kechki – chaquvchi pashsha) lar kechasi hayot kechiradi, urg‘ochilari qon so‘rib ovqatlanadi. Keng tarqalgan kuleks chivini qushlarda bezgak kasali tarqatadi. Bezgak chivini – anofeles odamga uch xil parazit – qon plazmodiyalarini tarqatib, xavfli bezgak kasalini tez tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bundan boshqa sariq bezgak, fil kasali paraziti, yapon ensefaliti (miya kasali) va boshqa xastaliklarni tarqatib inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi. Mazkur oilaga kiruvchi eydis (Aedes) ham sariq bezgak va sporoxit viruslarini tarqatadi.

Download 79.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling