Hasharotlar ekologiyasi


Bitlar (Anoplura) turkumi


Download 79.32 Kb.
bet4/10
Sana21.06.2023
Hajmi79.32 Kb.
#1640635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hasharotlar ekologiyasi

Bitlar (Anoplura) turkumi.
Bitlar turli sut emizuvchilar (inson, o‘y hayvonlari, hatto fillar va dengizda yashovchi sut emizuvchi – tyulenlar) ning terisida parazitlik bilan, qon so‘rib hayot kechiruvchi mayda (0,5 – 5 – 6 mm) qanotsiz hasharotlar bo‘lib, bularning sanchuvchi – so‘ruvchi tipdagi og‘iz organlari hayvonlar qalin terisidan qon so‘rib, oziqlanishga moslashgan.
Har bir tur yoki urug‘ga mansub sut emizuvchilarda muayyan tur yoki guruhining avlodlari bo‘lmish bitlar parazitlik qiladi. Bularda bosh va ko‘krakning kichkinalashib qorinchaning kattalushuvi hamda oyoqlarining ilmoqsimon “tirmashuvchi” tirnoqlari bo‘lishi xarakterlidir.
Odamda bitlarning ikkita turi: 1) bosh biti, kiyim biti (Pediculus homanus v. capitus, P.homanus v. vestimenti) va 2) jun biti (Phthirus pubis) uchraydi. Bulardan bir-biriga juda o‘xshash va yirik (3 – 4 mm gacha) bosh va kiyim biti ko‘proq tarqalgan. Ular o‘z tuxumini soch tolasiga yoki ichki kiyimning ip – tolalariga ilashtirib qo‘yadi. Odamning badanidagi serjun joylarida bo‘ladigan juda mayda jun biti boshqacha tuzilgan.
Kiyim biti eng xafli kasalliklar – tepkili terlama va qaytalovchi terlama kasalliklarining mikroblarini tarqatib, salomatlikka katta ziyon yetkazadi.
Inson bitlari ifloslik, o‘z vaqtida yuvinmaslik, ichki kiyimlarni vaqtida almashtirmaslik natijasida tarqaladi. Birinchi turga mansub bitlar odamsimon maymunlarda ham uchraydi. Bu hodisa odamzotning odamsimon maymunlar bilan bir xil qadimgi ajdodidan taraqqiy etganligini ko‘rsatadi.


Qandalalar yoki yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumi.
Sut emizuvchilar va insonning qoni, umurtqasiz hayvonlarning tana suyuqligi yoki o‘simlik sharbatini so‘rib ovqatlanishga layoqatlashgan bu hasharotlarda ustki qanotlarining ko‘krakka tutashgan qismini xitinlashganligi va boshning oldingi tomonidan joylashgan uzun sanchuvchi – so‘ruvchi og‘iz organlari (xartumcha) ning rivojlanganligi xarakterlidir. Ba’zi parazit turlari (jumladan, ko‘rpa qandalasi) da qanotlar yo‘qolib, tana tuzilishi soddalashgan. Ba’zi xonadonlarda ko‘p uchraydigan ko‘rpa qandalasi (“taxta kana”) tupuk bezlaridan zahar va maxsus bezlaridan noqulay hidli modda ajratadi. Bularning boshqa sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir qancha turlari ma’lum.
Usimlikning sharbati, doni, urug‘i bilan oziqlanuvchi qandalalar bir qancha madaniy o‘simliklarga zarar yetkazadi. Bularning o‘rtasida ko‘plab ko‘payadigan g‘alla (bo‘g‘doy, arpa, suli) qandalasi (“toshbaqasimon”) imago davrida yangi unib chiqqan mazkur don o‘simliklarini ko‘plab kurishiga sabab bo‘ladi. Bularning lichinkalari esa “sut - qatiq” bo‘lib yetilayotgan don bilan oziqlanib, donni zaharlaydi va unib chiqish xususiyatini yo‘qotadi.

Download 79.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling