Hasharotlar ekologiyasi
Burgalar (Aphanipthera) turkumi
Download 79.32 Kb.
|
Hasharotlar ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hasharotlar ahamiyati.
Burgalar (Aphanipthera) turkumi.
Burgalar – mayda ektoparazit (ba’zilari entoparazit) hasharotlar bo‘lib, parazitlik bilan hayot kechirishga ko‘chganligidan qanotlari butunlay yo‘qolgan. Uzun va muskullashgan orqa oyoqlari yordamida sakrab ancha tez harakatlanadi. Tanasining ustki qismi va oyoqchalari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg‘ochisi tuxumini zax joylarga, chirindi, tuproq va axlat yoki eski gilam va namat (kigiz) lar orasiga qo‘yadi. Burga qurti chirindilar bilan oziqlanib rivojlangach, “pilla” hosil qilib, g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan yetilib chiqqan imago – burga darhol hayvon yoki odamga o‘tadi. Burga – “xo‘jayinlariga” ortiq darajada ixtisoslashgan hasharot. Masalan, odamga uchraydigan burga it, mushuk, sichqon, kalamush va boshqa sut emizuvchilarga o‘tib yashay oladi. Mazkur hayvonlarda bo‘ladigan burgalar esa odamda uchrashi mumkin. Shuning uchun ham burgalar insonning xavfli o‘lat kasali–vabo mikroblarini mazkur hayvonlardan (yoki boshqa odamdan) odamga yuqtirib, bu ofatni tarqalishiga sabab bo‘ladi. O‘tkazilgan qattiq kurash va nazorat choralari natijasida vabo o‘lati yo‘qolgan. Hasharotlar ahamiyati. Зараркунанда hаshаротларга qарshи кураsh чоралари. Yuqoridagi zararkunanda hasharotlarga qarshi agrokultura, kimyoviy, fizikaviy va biologik metodlar asosida kurash olib boriladi. Agrokultura metodlari qishloq xo‘jalik ishlari bilan birga olib boriladi. Bunga bog‘ va ekinzorlarni yovvoyi o‘tlardan tozalab turish daraxtlar tagini chopib (haydab) yumshatish, kuzgi shudgor, qishda, yaxob berish, almashlab ekish, uvotlarni qisqartirish yoki vaqtida o‘rib turish kabi ishlar kiradi. Kimyoviy kurash metodlari zararli hasharotlarning tanasi va nafas olish organlariga ta’sir etuvchi (tashqi zaharli moddalar) yoki ichki hazm organlariga ta’sir o‘tkuzib halok qiladigan – ichki zaharli moddalarni turli yo‘llar bilan ishlatishga asoslangan. Hozirgi paytda bu metod dunyo miqyosida ko‘p qo‘llanilishi taqiqlangan chunki turli zaharli moddalar (jumladan, kuchli zaharli organik – fosfor birikmalari yoki bir necha yilgacha o‘z quvvatini yo‘qotmaydigan DDT kabi moddalar) turli yo‘llar bilan ishlatiladi. Kimyoviy metodda zararkunanda tezda yo‘qoladi. Ammo, bu zaharlar bir tomondan atmosfera va suvni (hatto, okean suvlarini) zaharlasa, ikkinchi tomondan zararkunandalarning tabiiy kushandalari bo‘lmish foydali hasharotlarni ham qirib (demak tabiatdagi doimiy muvozanatni buzib) yomon oqibatlarga olib kelishi aniqlanayotir. Uchinchidan, zararkunandalar zaharlarga “ko‘nikib” qolishi natijasida mazkur usulning kutilgan natija bermaydi. Hozirgi paytda bu zaharli kimyoviy moddalar o‘rniga biologik faol (aktiv) moddalarni qo‘llash keng yo‘lga qo‘yilgan. Bular ichida sistemali ta’sir etuvchi (nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi va h.k.o). BFM (biologik faol modda) larni qo‘llashda atrof – muhit tuproq, suv va havo ifloslanmaydi. Fizikaviy kurash choralari, asosan, kechasi tarqaladigan zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi. Bu ishda hasharotlarni o‘ziga jalb etuvchi turli nur tarqatuvchi maxsus elektr fonuslar yoki oddiy elektr lampochkalaridan foydalaniladi. Bunda chiroq (fonus) atrofiga tok o‘tkazuvchi sim to‘r o‘rnatiladi. Biologik kurash choralari, avvalo, zararkunandalarning tabiiy dushmani bo‘lgan yirtqich hasharotlar yoki parazitlik bilan zararkunanda tanasiga tuxum qo‘yib ko‘payuvchi boshqa hasharotlar superparazitlar (yirtqich qo‘ng‘izlar, telenomus, trixogramma va boshqalar) dan foydalanishga asoslangan. Hasharotlar feronomi J.Fabr ishladi. Bundan tashqari zararli hasharotlarni qiruvchi umurtqali hayvonlar – qurbaqalar, qushlar, hasharotxo‘r sut emizuvchilardan foydalaniladi. Mazkur metodda atmosfera va suv havzalari zaharlanmaydi va tabiatni (jumladan, foydali hasharotlar va qushlarni) muhofaza etishda katta ahamiyatga egadir. Xulosa Hаshаротларни пайдо бо‘лиsh, о‘рганиsh тарихи ва соhалари. Eнтомологиya (yuнонча – entomon – hаshарот, logos - фан) hаshаротларни о‘рганувчи фан демакдир. Hasharotlar haqidagi ma’lumotlar eramizdan oldingi davrlarda yashagan odamlar qoldirgan manbalarda uchraydi. Ular o‘zlari yashagan g‘orlar devorlarga turli hasharotlar rasmlarini chizib qoldirishgan. Xullas insoniyat paytda bo‘libdiki odamlar hasharotlar bilan muloqotda bo‘lib kelgan. Odamlar ibtidoiy odamdan tortib to shu bugungi odamga qadar hasharotlar haqida ma’lumotlar to‘plab kelgan. Hasharotlarning bir qancha dastlabki avlodlari pollozoy eramizning ohirgi davrlarida paydo bo‘lgan. Hasharotlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Engels “universal kalla” deb atagan. Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384-322 yillar) ijodida o‘z ifodasini topadi. U dastlab hayvonlar klassfikatsiyasini tuzganda 100 ga yaqin hasharotlarni nomini sanab “qonsizlar” ga kiritadi. O‘simliklar va hayvonlarni sistemaga solishini boshlab bergan mashhur shved olimi K.Linney (1707 - 1778) dastlab hasharotlarni sistemaga soladi, hasharotlar haqida ilmiy ma’lumotlar beradi. Hasharotlar haqidagi ma’lumotlar Jorj Byuffon (1707 -1788), J.B.Lamark (1744 - 1829) Ch.Darvin (1809 - 1882) asarlarida ko‘plab uchraydi. J.A.Fabr (1823 - 1915) (40 yil hayotini asalarilarni o‘rganishga bag‘ishlagan) ko‘plab uchraydi. XX asrda entomologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan O‘zbekistonlik olimlar A.A.Bekuzin, R.Olimjonov, YE.Gan, M.Qodirova, S.Alimuxamedov va boshqalarni kiritish mumkin. Hozirgi zamon entomologiyasi biologiya fanining tez suratda rivojlanib borayotgan tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda entomologiya bir qator mustaqil ilmiy sohalarga bo‘linadi. Download 79.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling