Hasharotlar ekologiyasi
Pardaqanotlilar (Hymenoptera)
Download 79.32 Kb.
|
Hasharotlar ekologiyasi
Pardaqanotlilar (Hymenoptera)
Bu turkumga mansub chumolilar, arilar, qora, ari, asalari, parazitlik bilan ko‘payadigan mayda parda qanotlilar va boshqa nihoyatda xilma-xil turlari yuqori darajada taraqqiy etgan va nerv faoliyati yaxshi rivojlangan hasharotlar hisoblanadi. 300 mingdan ortiq turi ma’lum. Turkum hamma avlodlarining og‘iz organi kavshovchi – yalovchi yoki kavshovchi so‘ruvchi tipda; ikki juft qanoti pardasimon – tomirlashgan, bir qancha turlarining urg‘ochilarida tuxum qo‘yuvchi o‘simta nayzaga aylangan, lichinka (qurt) larida oyoq bo‘lmaydi. Parda qanotlilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bularning ko‘pchiligi gulli o‘simliklarni changlatadi. Parazitlik bilan rivojlanuvchi mayda pardaqanotlilar eng yovuz zarakunanda hasharotlarni qiradi. Xonakilashtirilgan pardaqanotli – asalari gullarni changlatishdan tashqari asal, mum va dori – darmon mahsuloti yektazib beradi. Chumolilar – eng ko‘p tarqalgan, polimorf (har xil individli) koloniya bo‘lib yashovchi pardaqanotlilardir. Bularning juda ko‘p turlari tropik qit’alarda tarqalgan. Rossiyada uchraydigan turlardan qora chumoli, o‘rmonda yashovchi qizil chumoli va boshqa bir necha xil o‘rmon zarakunandalarni qirishda ma’lum ahamiyatga ega. Mazkur chumolilar koloniyasi tuproqda ancha katta uya yasab yashaydi. Koloniya “ona” chumoli, erkak (faqat urchish vaqtida yetishadigan erkaklari, keyin o‘lib ketadi), “ishchi chumolilar” va “soldat” lardan tarkib topadi. Polimorfizm “Ona” chumoli dastlab o‘zi mustaqil ovqatlanib, lichinkalarini boqadi. Keyinchalik uning qorincha qismi kattalashib – “uyadan chiqolmay” qoladi. Bu paytda yetishib chiqqan “ishchi” chumolilar uni parvarish qilib qaraydi. Shu vaqtdan boshlab, u faqat ko‘p miqdorda tuxum qo‘yib, nasl berish vazifasini o‘taydi. “Ishchi” chumolilar oziq topish, jig‘ildonida chala hazm bo‘lgan oziq bilan “ona” va lichinkalarni boqish, lichinkalarni jildirib yurish, uyani ma’lum tartibda saqlash kabi turli vazifani bajaradi. “Soldatlari” ham ishchilari hisobiga yashab, koloniyani boshqa avlodlaridan yoki “dushmanlar” dan himoya qilish vazifasini bajaradi. Bahorda mavjud koloniyadan yangi yosh koloniya ajraladi. Bu paytda urg‘ochi – “ona” va qanotli erkaklari havoda qo‘shiladi. Shundan keyin otalangan “asosan urg‘ochi” qanotlarini yo‘qotib, ko‘rsatib o‘tilgan koloniya hayotini kechira boshlaydi. Chumolilarda nerv va instinkt faoliyati yaxshi rivojlangan. Bir qancha chumolilar shiralar ajratgan qandsimon oziqdan umumli foydalanish maqsadi bilan ularni uyaga tashib, kirib ularga ko‘kat, barg berishadi va ajragan shirali moddadan foydalanishadi. Ayrim hollarda chumoli uyalarida ataylab “o‘stirilayotgan” zamburug‘larni uchratish mumkin. Chumolilarning bir qancha turlari zarakunanda hasharotlarni qirish, tuproqni boyitish kabi ishlari bilan ma’lum foyda keltiradi. Lekin ba’zi turlari zararli hasharot – shiralarni tarqatish va ko‘paytishiga yordam berib, ziyon keltirish mumkin. Download 79.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling