Hasharotlar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir
Download 478.52 Kb.
|
Ortiqniyazov Sardor 203 zoo kurs ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNEVERSITENING PEDAGOGIKA UNISTITUTI 5110400-BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISH II-KURS 203-GURUH TALABASI ORTINIYAZOV SARDORBEK SAMIG’ULLA O’G’LINING ZOOLOGIYA FANIDAN KURS ISHI MAVZU:PARZAIT PARDAQANOTLILAR ULARDAN ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHISHDA FOYDALANISH MUNDARIJA I.KIRISH………………………………………………………………………...3 1.1 Mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va metodi……………………………………………………………………………4 II.ASOSIY QISM………………………………………………………… ...…..6 2.1.Hashoratlarga umumiy tavsif. Hashoratlarning klassifikatsiyasi………………………….…………………………………….…6 2.2.O’simlik zararkunandalari …………………….……....................................10 2.3.Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni. Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hashoratlar………..……………………………………………..…...13 2.4.Parazit hashoratlarga qarshikurash…………………………...…………………………………………14 GLOSSARIY…………………………………………………………..…..…….18 XULOSA…………………………………………………………………………21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………...24 KIRISH Hasharotlar — umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) s i n f i g a mansubdir. Bu tipga hasharotlardan tashqari qisqichbaqasimonlar(Crustacea), o‘rgimchaksimonlar (Arachnoidea), ko‘poyoqlilar (Myriapoda) va boshqa sinflar ham kiradi. Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln. ga yaqin hasharot turi borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas degan fikrlar ham bor. Chunki kam o‘rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili 7 — 8 mingga qadar yangi turi topilib turadi. Hasharotlarning tuzilishidagi o‘ziga xos belgilarini muhitga moslanish darajasini, tabiatda tutgan o‘rnini, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. Hasharotlarga bo‘lgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo‘lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italyan olimi I. Malpigi (1628 — 1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish tizimiga, Golland olimi YA.Svammerdama (1637— 1680) hasharotning anatomiyasi hamda metamorfozasiga asos soldilar. XVIII asrda buyuk shved olimi, tabiatShunos K. Linney (1707 — 1778) ning «Tabiat tizimtikasi» asarida hasharotlar ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi. O‘sha davrning buyuk tabiatShunos olimi R. A. Reomyur (1683— 1757) Hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rgandi. Download 478.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling