Hasharotlar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir


Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari


Download 478.52 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi478.52 Kb.
#1550133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ortiqniyazov Sardor 203 zoo kurs ishi

Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari.
1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o‘z samarasini ko‘rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo‘llash ishlarini to‘la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo‘llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo‘llash usullariga ancha o‘zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.
Fizik-mexanik va genetik kurash usullari.
Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin to‘tadi.
1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tuShuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi.Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli qultivatorlardan ham foydalaniladi.
2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham



3-RASM
erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga etkazilmagan.
3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi.
4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararl



4-RASM
hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tuShuniladi.
5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tuShuniladi.Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi — umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi.organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan oʻzaro munosabati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni oʻrganadi. Qishloq xoʻjaligie., asosan, hasharotlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, oʻsimliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular koʻpayishi prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari — entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari (asal berali), tut va eman ipak qurti (ipak uchun), lok beruvchi chervetslar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etuvchi hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar — nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xoʻjaligie.fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya asosida shakllandi. Uning mustaqil fan boʻlib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogʻliq. Qishloq xoʻjaligie.ning ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida oʻsimliklarni himoya qilishning yanada samarali usullarini topish, oʻsimlik zararkunandalarini yoʻq qilish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishdan iborat.
Zararkunanda turlarning madaniy oʻsimliklar va muhitning boshqa omillari bilan oʻzaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin oʻzgarib turishi hamda tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik i.t. ishlari olib borishni taqozo etadi.19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qoʻllanmagan davrda ekinlar hosili 10—40% gacha kamaygan. Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli baʼzi juda xavfli hasharotlar — chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin kamaydi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla paydo boʻlgan. Bir qancha mamlakatlar (Fransiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa, chigirtka va boshqalar)ning qishloq xoʻjaligiga ksltirgan katta zarari i.t. ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, koʻpgina mamlakatlarda oʻsimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boʻyicha davlat entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda oʻrganishni Oʻrta Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda birinchi entomologik st-ya 1911-yilda ochilgan (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish instituti).



5-RASM
Uning vazifasi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon keltiradigan juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar, tunlamlar, kanalar va boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar) oʻrganishdan iborat edi.Oʻrta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalargaqarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy, N.Mirpoʻlatova, K. Mirpoʻlatov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoʻshdi. Tashkiliyxoʻjalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻsimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda gʻalla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini koʻpaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004). Qishloq xoʻjaligie.sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 mart sanasidagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida 2021 yil hosili uchun 72 ming gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.Barchamizga maʼlumki, dunyo dehqonchiligida har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashish maqsadida ko‘plab mablag‘lar sarflanadi.Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Respublikamizda ham o‘simlik zararkunandalari va hasharotlariga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning maqbul muddat va meʼyorlarda, sifatli amalga oshirilishi “O‘z agro inspeksiya” tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.Xususan, “O‘z agro inspeksi ”yaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan g‘o‘za maydonlarida zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlari bugungi kunda to‘liq nazoratga olingan.
Jumladan, viloyatda zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish maqsadida 37 ta biolaboratoriyalar faoliyati tashkil etilgan.
Ushbu biolaboratoriyalar tomonidan mavsum davomida 426,4 kg trixogramma, 266,3 mln dona brakon hamda 360,7 mln dona oltinko‘z ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 90 foiz trixogramma, 73 foiz brakon va 72 foiz oltinko‘z biomahsulotlari ishlab chiqarilib, g‘o‘za maydonlariga tarqatilgan.
Bundan tashqari, viloyatda zarur hollarda g‘o‘za zararkunanda va hasharotlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish uchun kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish ishlari ham Inspeksiyaning viloyat boshqarmasining to‘liq nazoratida.Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha biomahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda kimyoviy vositalar zaxirasining yaratilishi, saqlanishi va qo‘llash ishlari ustidan “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda taʼsir choralari qo‘llanilishi va aniqlangan xato-kamchiliklarning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.


Download 478.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling