Hasharotlar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir


Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni


Download 478.52 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi478.52 Kb.
#1550133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ortiqniyazov Sardor 203 zoo kurs ishi

2.3 Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni.Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlar.
Hasharotlar oziqlanishiga qarab tasniflanadi. Jumladan, barg va uning qismlarini zararlash. Qo‘pol zararlash, bunda kemiruvchi hasharot bargning hammasini eydi. Bularga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. Tanlab zararlash—kemiruvchi hasharot barg chetini esa — chetidan zararlanish; bargni teshib, o‘yib esa—teshikli zaralanish deyiladi. Misol, ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlar, ba’zi bir kapalak qurtlar. Hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini esa barg skeletlanishi; hasharot bargning ayrim uchastkalarini esa-yu, ammo eyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga tegmasa, bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib kirib, parenximani eb, epidermasiga tegmay zararlasa, bunday zararlash minalash deb aytiladi. Misol, lavlagi pashshasi lichinkalari minali pashshachalar oilasiga kiradi.Ba’zi bir so‘ruvchi hasharotlar, bitlar, qandalalar, tripslar va boshqalar barg shirasini so‘rish natijasida, bargda turli xil qo‘ng‘ir, sariq, oq va boshqa rang dog‘lar hosil qiladi.O‘simlik skelet qismlari—tana, novda va shoxlarni zararlash.O‘simlikning yog‘och, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil murakkab yo‘llar hosil qiladi.Hasharot lichinkalari o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida ovqatlanishi natijasida o‘simlikning Shu qismlari shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga, novda, tana va shohlar deformatsiyasi deb aytiladi.
2.4. Hashoratlarga qarshi kurash.
Antropogen omillar deganda (grekcha antropos — odam) tabiatga va hasharotlarga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. Qo‘riq erlar o‘zlashtirilganda (haydalganda), o‘rmonlar kesilganda, erlar sug‘orilganda hasharotlarning tur tarkibi birmuncha o‘zgaradi, ayrim turlar sonining nisbati va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ham o‘zgaradi. Shunnng uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, tabiatda ulardan to‘g‘ri foydalanishdir.
Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni no to‘g‘ri qo‘llash zararli organizmlarning miqdorini ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo‘jalik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko‘payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.

Download 478.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling