Hasharotlar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir
Download 478.52 Kb.
|
Ortiqniyazov Sardor 203 zoo kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- 2.1 Hashoratlarga umumiy tavsif.
Kurs ishining maqsadi: Respublikamizda tarqalgan hashoratlar sinfi vakillarining tuzilishini,tarqalishini, biologik xususiyatlarni va ularni ahamiyatni o’rganish va ularni tahlil qilish .
Kurs ishining vazifalari:Mavzuga oid adabiyotlar manbai bilan ishlash ; O’zbekiston mamlakatida uchrovchi hashoratlarning tarqalishi va ularning foydali va zararli xususiyatlari haqida ma’lumot to’plash ; Kurs ishining amaliy ahamiyati: Respublikamizda tarqalgan hashoratlar hayoti, yashash tarzi ularning boshqa turlardan ajralib turuvchi o’ziga xosxususiyatlarini aniqlash,ma’lumotlar to’plash, o’rganish,tahlil qilishdan iborat.Respublikamizda va boshqa dunyo mamlakatlarda uchraydigan hashoratlarni bir-biridan farqli jihatlari,taksonomik belgilari va ularning ahamiyati doirasida yanada ko’proq bilimlarni qo’lga kiritish va qo’llay olish lozim. Natijada mana shu mavzu diorasida o’ziga xosbo’lgan ishlarni amalga oshirib , foydali hashoratlarni muhofaza qilish usullarini joriy qilish, kelajakda bu borada yanada yangi g’oyalar tashabbuslar bilanchiqib ilmiy tekshirish metodlarini qo’llab zoologiya faniga yana bilimyangiliklar,izlanishlarni olib kirish. Kursishining ob’ekti va predmeti .Hashoratlar sinfi va ularga kiruvchi turlar kurs ishi ning ob’ekti hisoblanadi.Hashoratlar sinfiga kiruvchi turlarning tuzilishi, ko’payishi, biologik xususiyatlari,tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi. 2.1 Hashoratlarga umumiy tavsif.Hashoratlarning klassifikatsiyasi Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda)-juda xilma-xil hayvonlar tipi bo‘lib, ikki millionga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki yonlama simmetriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki a`zolarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan aralash tana bo‘shlig‘i deyiladi. Markaziy nerv tizimi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabra, quruqlikda yashovchilari esa traxeya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming qon aylanish tizimi ochiq, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Bu tipga mansub hayvon vakillari hayvonot dunyosining 80% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilar er yuzining barcha joylarida: dengizlar, chuchuk suvlar, suv havzalari, tuproq, havo, oylab yomg‘ir yog‘maydigan sahro-cho‘llar, doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda ham hayot kechiradi. So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, bu tip 1500000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. SHu bilan birga, bular odam va hayvonlar, shuningdek o‘simliklarning a’zolarida parazitlik qilib yashashadi. Bu tipga kiruvchi hayvonlarning kattaligi bir necha o‘n millimetrdan bir necha o‘n santimetrgacha boradi, ularning mikroskopik ko‘rinishdagi vakillari ham mavjud. Tanasi bo‘g‘imlardan tuzilgan, qattiq kutikula, xitin moddasi bilan qoplangan, bosh ko‘krak va qorin qismlardan iborat. Tana qoplami tashqi skelet vazifasini bajarib, ichki a’zolarini salbiy ta’sirlardan asrab turadi. Ayirish a’zolari shakli o‘zgargan metanefridiylar bo‘lib, ulardan tashqariga teshikchalar bo‘ladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilarda malpigiy naychalari ayiruv vazifasini bajaradi. Suvda yashaydiganlari jabra bilan, quruqliqda yashaydiganlari esa o‘pka va traxeya bilan nafas oladi. Qon aylanish tizimi ochiq tipda tuzilgan. Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan. Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan. Barcha tengqanotlilar o’simlixo’r hasharotlar bo’lib hujayra shirasini so’rib oziqlanadi. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtzorlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi.Ularning zarari tanasidan ajraladigan shirin ekskrementlari barg yuzasini qoplab olishi va qorayib, fotosintezga to’sqinlik qilishi oqibatida kuchayadi.Samarqand tumani begona o’tlarida uchraydigan tengqanotlilarning ko’pchiligi shiralar (Aphidoidea) kenja turkumiga mansub. Shiralar to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi va ko’pincha xo’jayinini o’zgartirib turadi. Smynthuroides betae Westw. Ko’pincha barglarda, bazan ildiz gallarida o’simlik shirasini so’radi. Ham ituzumdoshlar ham murakkabguldoshlar oilasiga mansub begona o’tlarda uchraydi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Aphis intybi Koch. Bitta o’simlikda rivojlanadi. Ko’pincha sachratqi poyasining yuqori qismida to’pgullarida koloniyalar hosil qiladi. Paleoarktikaning hamma yerida xususan O’rta Osiyoda keng tarqalgan.Cryptosiphon artemisiae Buckt. Shuvoqning ko’pchilik turlarida uchraydi. Tunlamsimonlar — Noctuoidea bosh oilasi. Xarakterli belgilari — oldingi qanotining o‘rta medial tomirlari (M2) ni asoslari keyingi medial’ (M3) tomirlarining asoslariga yaqinlashgan, ilakchalari yaxshi taraqqiy etgan, tinch turganda qanotlari tomsimon shaklda tanani yopib turadi. Bir necha oilalarga.bo‘linadi. Tunlamlar — Noctuidae oilas tanga qanotlilar turkumining eng katta oilasi. 20 mingga yaqin turi bo‘lib, Shundan MDHda 2 mingdan optig‘i ma’lum. Kapalaklari xartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tunlam naqshi bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bu naqsh 5 ta ingichka to‘lkin yo‘lli ko‘ndalang izlar va 3 ta o‘rta dog‘lardan iborat. Qurtlari tuksiz va g‘umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, ko‘p turlari o‘simliklarga katta zarar keltiradi. Qurtlari quyidagi 3 morfobiologik gruppalarga: quyi kemiruvchilar, yuqori kemiruvchilar, ko‘katxo‘rlar va odimchisimonlarga bo‘linadi. Quyi kemiruvchilar yoki er tunlamlari keng tarxalgan bo‘lib, qurtlari tuproqda rivojlanadi. Tanasi silliq va peshona uchburchagi gardon chokidan uzunroq. O‘simliklarning tuproqdagi ildiz bo‘g‘im qismlarini kemiradi. Misol, ko‘k qurt tunlami (Agrotis segetum schiff) O‘rta Osiyo respublikalarida g‘o‘zaga katta zarar etkazadi.Yuqori kemiruvchilar, yangi o‘zlashtirilgan erda bug‘doylarga zarar keltirib, qurtlari o‘simliklarning er ustki qismida rivojlanadi.Peshona uch burchagi ularda gardon chokidan qisqaroq yoki tanasi mayda tiqanchali. Bularga karam tunlami (Barathera brassicah L.) va 1-RASM kulrangg‘alla tunlami (Apomea sordida Bkh) bo‘la oladi.Ko‘sak qurti (Heliothis obsoleta F.) g‘o‘za va makkajo‘xoriga, qarag‘ay tunlami (Panilis foammea Schill) qaragayga katta zarar keltiradi. Odimchisimon tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bo‘lganligi uchun odimchilarga o‘xshab o‘rmalashadi. Bularga gamma tunlami (Plusia gamma L.)kiradi.Bular dala ekinlariga zarar keltiradi. Gʻoʻza tunlami, koʻsak qurti — tunlamlar oilasiga mansub kapalak.Paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza tunlamining qurti 120 dan ortiq oʻsimlik turini zararlaydi, ayniqsa, Tojiknston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 30–40 mm; oldingi qanoti kulrang sariq, buyraksimon, yumaloq dogʻli, orqa qanoti sargʻimtiroq, qoʻngʻir hoshiya-li, oʻrtasida toʻq rangli oysimon dogʻlari bor. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ochiqroq rangda.Tuxumi och sargʻish, oʻziga xos radial "qobirgʻalari" bor. Qurtining rangi och yashildan to qiz-gʻish-qoʻngʻirgacha, uz.35–40 mm; boshi sariq, koʻkrak qalqoni marmarsimon naqshli.Tanasi boʻylab uchta keng yoʻl oʻtadi, qorni oqish. Gʻumbagi qizgʻish-jigarrang , uz. 15–20 mm. Gʻoʻza tunlamining gum-bagi tuproqda 10—15 sm chuqurlikda qishlaydi.Havo harorati oʻrtacha 18— 20° boʻlganda gumbakdan kapalaklar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi. 2.2. Oʻsimliklar zararkunandalari — madaniy oʻsimliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub Oʻsimliklar zararkunandalari koʻp. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning koʻpchiligi oʻsimliklarni zararlaydi. Boʻgʻimoyoqlilardan hasharotlar sinfi, oʻrgimchaksimonlar sinfi (kanalar), koʻpoyokdilar sinfining baʼzi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt)ga mansub turlituman va juda koʻp Oʻsimliklar zararkunandalari turlari bor. Hasharotlar, ayniqsa, hosilga koʻproq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq oʻsimlikxoʻr turi maʼlum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy oʻsimliklarga zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va h.k. Qishloq xoʻjaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar boʻyicha) hamda oziqlanish xarakteri boʻyicha tasniflanadi. Oʻsimlikxoʻr hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hammaxoʻr hasharotlar — polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — oligofaglarga; faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — monofaglarga boʻlinadi. Turli ekinlar hosiliga hammaxoʻr zararkunandalar: chigirtkasimonlar, baʼzi chirildoqlar, qoʻngʻizlardan qirsildoq (simqurtlar), qora qoʻngʻizlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, kapalaklardan kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, gessen pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Karamguldoshlarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham koʻp. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar kiradi. Faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera (tokning asosiy zararqunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va 2-RASM boshqalar xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular zararlaydigan oʻsimlik guruhlari boʻyicha ham tasniflanadi. Mas, boshoqlilar zararkunandalari, gʻoʻza zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bogʻ zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va h.k. Oʻsimliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi — ogʻiz organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchibsoʻruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi hasharotlar oʻsimlikning turli organlarini, toʻqimalarini kemiradi. Sanchibsoʻruvchi hasharotlar, mas, oʻsimlik bitlari, kanalar va boshqalar oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari oziqlanishida oʻsimlikning maʼlum organlariga oʻrgangan boʻladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg , meva, gul va boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farklanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi tashqi muhitning oʻzgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan uzviy bogʻliq. Har bir tur oʻzi uchun qulay hududga joylashadi. Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda koʻpayishi uchun temperatura sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun maʼlum temperatura rejimi zarur.Sutkalik oʻrtacha samarali temperatura yigʻindisiga qarab hasharotlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. Oʻsimliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, yuqori trada tezlashadi. Mas, beda barg filchasi17,6° da 56, 21,2° da 34, 22° da 31 kunda rivojlanadi. Rivojlanishi tuproq bilan bogʻliq boʻlgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy tarkibi, kislotaliligi, aeratsiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika tadbirlari (tuproqni ishlash, oʻgʻit solish va boshqalar) yordamida zararkunanda hasharotlar uchun noqulay sharoityaratish mumkin. Mas, nordon tuproqlar ohaklanganda qirsildoq qoʻngʻizlar rivojlana olmaydi.Oʻsimliklar zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan oʻzaro bogʻliqligi ham ularning rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Mas, oʻsimlik bitlari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va baʼzi pashshalar uchun oziq hisoblanadi. Oʻsimlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qoʻngizlar, vizildoq pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxoʻr qushlar, bular bilan esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalarining koʻpayishida oziqning koʻpligi va tarkibi, obhavo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar taʼsiri va boshqalar muhim rol oʻynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu oʻsimlik bilan oziqlanadigan zararkunandalarning koʻpayib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. Mas, eski bedapoyalarning oʻz vaqtida haydalmasligi ularda beda barg filchasining koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda fenologik kuzatish (qarang Fenologiya) muhim ahamiyatga ega. Download 478.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling