Glossariy
Avtotrof - organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari bilan xavo va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Areal–hayvonlarning tarqalish territoriyalari (yakka, tutash, bir-biriga ustma-ust tushadigan areallar farqq ilinadi.
Biogeotsenoz-Yer yuzasi ma’lum xududidagi birxil tabiat elementlarining yig‘indisi; muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar hamda ayrim soda xayvonlardan tashkiltopgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi.
Biomassa-tirik organism larning ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi og‘irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazn.
Biosfera-hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq.
Biotikaloqalar-biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro munosabatlari.
Geterotrof – tayyor organic moddalar hisobiga xayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar hamda ko‘pchilik mikroorganizmlar kiradi.
Gelmintologiya – parazit chuvalchanglarnio‘rganadi.
Gomoyoterm - tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda tana xarorati doimiy bo‘lgan (issik qonli) hayvonlar.
Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi.
Konsumentlar - fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan to‘plangan tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar yig‘indisi .
Ozuqa zanjiri - biri ikkinchisiga ozuqa bo‘ladigan organizmlarning ketma - ket keladigan zanjir .
Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi tadqiq qiladi.
Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi.
Produtsentlar - anorganik moddalardan organik moddalar yaratuvchi avtotrof organizmlar.
Protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni o‘rganadi.
Populyatsiya - bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisi hisoblanib, umumiy genofondga ega, muayyan sharoitda va maydonda tarqalgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |