Қurilishni tashkil etishning chiziқli kalendar grafigi.
Aerodrom to’shamasiga bo’lgan talab va texnika xavfsizligi
Chiziқli kalendar grafigi ko’rilayotgan yo’lning butun uzunligi bo’yicha chiziladi. Unda ish boshlanishi va tugallanish kunlari, bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina va mexanizmlar ko’rsatiladi. Ordinata o’қi bo’yicha kun, oy va yil joylashtiriladi, absstissa o’қi bo’yicha esa piket va kilometrlar ko’rsatiladi. Grafikning o’ng tarafida ishchi kuchi va mashina mexanizmlarga bo’lgan talab epyurasi chiziladi.
Aerodrom to’shamasi asos va қoplamasini қurishning
sifatini baҳolash
Zarur bo’lganda ba’zi қismlardan tashkil topgan ҳar xil vaқtda yoki ҳar xil erda қurilgan asos va қoplamalarning sifatini o’rtacha baҳolashning kompleks ko’rsatkichi, қuyidagi formula bilan aniқlanadi [6].
;
bunda α1, α2, α3, va asos va қoplamalarning қabul қilingan қismlari tegishli «besh», «yaxshi», «қoniқarli» baҳolar olgani.
Ko’p қatlamli asos va қoplamalarning қurlishi sifatini R ko’rsatkichlari asosida, formula bilan aniқlanadi
;
Bunda: Oi - ҳar bir қatlamning қurilish sifatini baҳolash.
m - қatlam soni.
Ҳisoblash komleksi ko’rsatkichlarga binoan ko’p қatlamli asos va қoplamalarning sifatini baҳolash.
Agar formula bilan ko’p қatlamli қoplamaning sifatini baҳosi yuқori bo’lsa, bu ҳolatda umumiy baҳo sifatida қurilgan қatlamiing yuқori қatlami baҳosi olinadi.
Ishlar sifatining nazorati:
Қoplama va asoslarni қurishda tosh va boғlovchi materiallar sifatini, қorishma va қora chaқiқ toshni tayyorlash jarayonini, ҳamda ularning sifatini nazorat etish zarur[6].
Asos va қoplamalar қurish uchun ishlatiladigan materiallarning sifati, tegishli davlat standartlari talablarida ko’rsatilgan usullar bilan aniқlanadi. Tosh materiallarning sifatini , ularning zarralari tarkibi, ulardagi changsimon, gil va loysimon zarralar borligi, boғlovchining sifati bo’yicha (ignani botish chuқurligi, қovushқoқligi va boshқalar) baҳolanadi. Қuyish uchun tayyorlangan boғlovchilarning ishchi ҳarorati, boғlovchilarning tosh materiallar bilan yopishishi tekshiriladi.
Қurilishga keltirayotgan shaғalning sifatini tekshirish uchun amaldagi standart talablariga rioya қilingan ҳolda sinov uchun na’muna olinadi. To’ғri zaҳiralarning o’zidan olinayotgan tosh materiallardan sinov uchun namunalarni, zaxiraning o’zidan, yoki ular jo’natilayotgan omborlardan, yo’lda aralashtirilganda yo’lning o’zidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |