Hayot faoliyati havfsizligi


Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV


Download 374.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana18.01.2023
Hajmi374.82 Kb.
#1098514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Mustaqil ish

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV 
infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurash to‘g‘risida (2013 yil 23 sentyabr) – 5 bob 
28 moddadan iborat. Qonunda OITS/OIV kasalligining oldini olish, bu kasallik 
tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati, faoliyatni moliyalash, 
fuqarolarning huquq va majburiyatlariga doir masalalar yoritilgan. 
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) – 
15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, 
foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, 
konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga 
oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. 
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona 
o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 28 modda. Ushbu 
qonunning maqsadi qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va 
begona o‘tlardan himoya qilishni ta’minlash, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining 
inson sog‘lig‘iga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirining oldini olish bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga solishdir. 
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 5 ta bo‘lim, 
28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti
sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli 
ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat. 
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 ta bo‘lim, 31 
moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va 


davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va 
milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 

Download 374.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling