Hayot faoliyati havfsizligi


Download 374.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana18.01.2023
Hajmi374.82 Kb.
#1098514
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Mustaqil ish

 
muhofaza
 
qilish
ga oid talablarga javob 
bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va 
sotganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid 
talablarga muvofiq bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya 
vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan 
shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan 
tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda 
mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda 
shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi etkazgan zararning o‘rnini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.
Xodimning sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining 
mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 
jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq 
bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan 
kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning 
sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, 
protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb 
topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining 
qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va 
boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot 
etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga 
boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, 
shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam 
bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining 
o‘rni qoplanadi.
Voyaga etmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar etkazilgan taqdirda zararning 
o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo‘lmagan 
miqdorda hisoblab chiqariladi. 



Download 374.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling