Hayot faoliyati havfsizligi


FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi


Download 374.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana18.01.2023
Hajmi374.82 Kb.
#1098514
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mustaqil ish

FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari; 
FVVga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
hamda 
tezkor 
bo‘ysunuvchi 
respublika 
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari; 
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va 
tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va 
funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va 
tuzilmalari; 
O‘zbekiston Qizil - Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, 
guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti. 
Tabiiy va texnogen tusdagi yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda 
tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy 
bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb 
etilishi mumkin. 
FVDT ning ish rejimlari: 
1. Kundalik faoliyat rejimi - me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion
kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, 
epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda. 
2. Yuqori tayyorgarlik rejimi - ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, 
biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, 
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda. 


3. Favqulodda rejim - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda 
vaziyatlar davrida. 
Rejim o‘rnatish huquqiga fuqaro muhofazasi boshliqlari-hududiy quyi tizim 
rahbarlari: O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ega. 
Adabiyotlar: 
1. Yormatov G.Yo. "Hayot faoliyati xavfsizligi (ma'ruzalar matni)" Toshkent 
2000 y. 
2. Hasanova O.T. "Mehnatni muhofaza qilish" Toshkent 2005 y. 
 

Download 374.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling