O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari, respublika va mahalliy
hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
masalalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini
birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi
tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni
kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
FVDT hududiy (14) va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda
tarkibida axborot boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko‘rsatadigan respublika, mahalliy va
ob’ektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrida tuziladi va tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va
ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi o‘z ma’muriy
hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan
iborat.
Funksional quyi tizimlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar,
konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tuziladi. Funksional quyi tizimlarning asosiy
vazifasi atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni
amalga oshirish, shuningdek idoraga qarashli ob’ektlarda ularning ishlab chiqarish
faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf
etishdan iborat.
Bitta idora bir yoki bir necha quyi tizimga ega bo‘lishi, yoki umuman quyi tizim
tashkil etmasligi, yoki bir necha vazirlik va idoralar bitta quyi tizim tashkil etishlari
mumkin.
Ushbu
masala
FVDT
to‘g‘risidagi
Nizomning
3-ilovasida (O‘zR vazirliklari va idoralarining aholini va hududlari FV lardan muhofaza
qilish bo‘yicha funksiyalari) bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |