Hayot faoliyati havfsizligi
Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish
Download 374.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish
2. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish.
Hayot faoliyat xavfsizligi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog'ligi va xavfsizligini ta'minlash uchun yo'naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o'z ichiga qamrab olgan. "Hayot faoliyati xavfsizligi" ijtimoiy – huquqiy masalarni o'z ichiga olgan muhandislik fani bo'lib, klassik fanlar bo'lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, yong'in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. Bu fannig metodologik asosi mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo'ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalarning barchasi o'zaro bog'langan, kelajak rejalarni hisobiga olgan holda ko'riladi. Tashkilotlarda hayot faoliyat xavfsizligiga doir barcha qaror va xujjatlarni tahlil qilish, kelgusida hayot faoliyat xavfsizligi darajasini ko'tarish, ish yuritishda texnika xavfizligi mashg'ulotlarini o'tkazish, hayot faoliyat xavfsizligi ishlarini tashkil etish, o'quv yurtlari o'qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o'rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalari talalariga rioya etish maqsadidi "mehnatni muhofaza qilish tug'risida" qonun qabul qilindi. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo'lib, o'z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat sharnomasi, kadrlar tayorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan. "Mehnatni muhofaza qilish to'grisida"gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog'ligi uchun zararli bo'lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatidan qoniqarli holatda bo'lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rish ma'suliyati ma'muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko'rsatib o'tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo'lgan xududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo'shimcha dam olish kunlari joriy qilishi, zararli ish joylirida ishlaganlarga, ya'ni juda issiq haroratli, sovuq, zah va sog'liq uchun zararli sharoitdam mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiymlari berilishi ko'zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog'ligini mustahkamlash maqsadida ularni o'rnatilgan tartib asosida sut, parhez taomlar bilan ta'minlash tartibi joriy etilgan. Ishlab chiqarish korxonalarida "mehnat kodeksi" va "mehnatni muhofaza qilish" to'g'risidagi me'yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma'muriy javobgarlik-xodimga hayfsan berish, ishdan chetlantirish, o'rtacha oylik ish haqining yigirma foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima solish va mehnat sharnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik ega "mehnatni muhofaza qilish tug'risida"gi qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to'lashga yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. "Mehnatni muhofaza qilish tug'risida"gi qonunni buzish baxtsizlik yoki o'limga sabab bulsa, aybdor shaxslar belgilanga tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo'lib , ular davlat, ho'jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat kodeksiga xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og'ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Xomilador ayollarga davlat tomonidan ish xaqi to'lanadigan ta'til beriladi. Mehnat kodeksiga o'smirlar mehnatiga alohida e'tibor berilgan. 18 yoshga to'lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning hohishiga qarab, yilnang istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta'tili berilishi belgilangan. O'smirlar fabrika, zavod kasaba qumitalari ruxsatisiz qo'shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Agar o'smirlarni bajarayotgan yumushlari ularning sog'ligiga ta'sir qilayotganligi sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o'tkaziladi. Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lib, mehnat muhofazasi bo'limi rahbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbir belgilaydi. Sanoat korxonalarida qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan xamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat sharoitining yaxshilanishga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo'ycha quydagilarga bo'linadi: -baxtsiz hodislarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va engil alanganuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, himoya moslamalari, to'siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo'shimcha o'rnatish va boshqalar kiradi; -mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalarini yoritivchi ko'rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus echinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi; -ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta'siridan himoyalovchi moslama, jihozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish moslamalarini o'rnatish xamda ishlab turgan moslamarni o'z vaqtida ta'mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o'rnatish uchun asbob-uskunalar olish, o'rnatish va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar tatbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham mehnat sharoitini yaxshilash chora-tartiblariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari tarmoq vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash va sanitariya-gigiena chora- tartiblarini ishlab chiqib, tarmoq Markaziy kasaba qo'mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Download 374.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling