Hayot faoliyati havfsizligi


Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Download 374.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana18.01.2023
Hajmi374.82 Kb.
#1098514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mustaqil ish

6.Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari. 
 


Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra sayyoramizning 45 % 
aholisi, deyarli 3 mlrd inson jamiyatni moddiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlovchi 
dunyodagi ish kuchini tashkil etar ekan. O‘zbekiston Respublikasida mehnatni 
muhofaza qilish milliy obzori (kuzatish natijalari) 2016 yil sentyabr holatiga ko‘ra, 
mamlakatimizda mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshdagi aholi soni 19,6 mln.ni 
tashkil etib, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln nafardir. Ishlayotgan erkaklar 43 % yoki 8,7 
mln, ayollar esa 47 % yoki 9,5 mln nafarni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot sohalarida 14 196,3 ming kishi faoliyat yuritib, ulardan: sanoatda – 
13,2% qishloq xo‘jaligida –29,1 % qurilish sohasida – 8,3% savdo-sotiq va umumiy 
ovqatlanish sohalarida – 8,9% transport va aloqa – 4,8% sog‘liqni saqlash va sport – 
7,2% xalq ta’limi, fan va madaniyat – 13,5% uy-joy kommunal xo‘jaligida– 3,1% ni 
tashkil etmoqda.
Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat 
ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda 
mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati engil, og‘ir 
va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishni oldini olish 
va mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratmoqda.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
ikkinchi 
bo‘limida 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan.
Xususan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
ximoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan 
yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, 
38-moddada esa “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. 
Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, deb 
qayd etilgan.
Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, 
sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini 
qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab 
chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, 
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga 
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani 
va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning 
manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish 
tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida 
sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada 
profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning 
ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari 
asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 227 tadan ziyod 
xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan.


Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini 
attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash 
tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat 
sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va 
kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, 
qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-
ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. Bugungi kunda 297 ming 561 nafar xodimlarga 
muntazam ravishda ushbu imtiyoz va kafolatlar belgilanib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni 2016 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi tomonidan tasdiqlanib, 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati ma’qulladi. 
2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini 
bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda imzolandi. 2016 yil 23 dekabrdan 
amalga kiritildi. 
Yangi tahrirdagi Qonun 36 ta moddadan iborat bo‘lib, uning normalari 
Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga 
muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan 
va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin 
bo‘lgan normalar chiqarildi. 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida uning amal 
qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Ya’ni, ushbu Qonun: 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda ob’ektlar deb 
yuritiladi) bilan, shuningdek alohida ishga yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida 
bo‘lgan xodimlarga; 
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim 
muassasalari tinglovchilariga; 
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; 
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; 
sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish 
muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek 
ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa 
turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab 
tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga hamda ish 
beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
4-moddada Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar keltirilgan: 

Download 374.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling