Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida (2006 yil
28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining
sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq
favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish
borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida (2007 yil 19 fevral, PQ-585-sonli). Toshqinlar,
sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va
samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan
tugatish maqsadida qabul qilingan.
Har yili joriy yilga belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:
O‘zbekiston Respublikasi FVV faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida
(1996 yil 11 aprel, 143-sonli). Qarorga «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi to‘g‘risida»gi Nizom ilova qilingan. FVV asosiy vazifalari, huquqlari
keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida (2011 yil 24
avgust, 242-sonli). Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risidagi Nizom va
uning tuzilmasi tasdiqlangan, vazirlik va idoralarning aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
Do'stlaringiz bilan baham: |