Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan


Download 101.52 Kb.
bet3/11
Sana05.05.2023
Hajmi101.52 Kb.
#1429399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Umarov Bahodir 070-19 guruh mustaqil ish

Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi. Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i bilan hamda halqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston davlati uchun falokat keltiruvchi, balki unga chegaradosh bo‘lgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar uchun ham falokatli vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O‘zbekiston davlatini kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, YUNEP va boshq.) mablag‘lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tasnifiga ko‘ra (sababi va kelib chiqish manbayiga ko‘ra:
1 . Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FV larga bo’limadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli vaziyatlar: zilzilalar, yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlar va boshqa xavfli geologik hodisalar;
2) gidrometeorologik xavfli vaziyatlar: suv toshqinlari, sellar, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar;
3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infeksiyalar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish, virusli infeksiyalar - SPID; Epidemiya - odamlaming guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya hayvonlaming ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi; Epifitotiya esa -o‘simliklaming ommaviy nobud bo‘lishidir.
Texnogen tusdagidagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar - ekipaj a’zolari va yo‘lovchilaming oMimiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar; YongMnga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo‘lgan va temir yo‘l xodimlarining halokat hududidagi temir yo‘l 12 platlormalarida, vokzai binolarida va shahar imoratlarida boigan odamlar oiimiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir y o i transportidagi halokat va falokatlar; Portlashlarga, yongin I arga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM laming zararli xossalari namoyon boiishiga va odamlar oiim i (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab boiadigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yoi-transport hodisalari; Odamlaming oiimiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yonginlar; Gaz, nefl mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab boiadigan magistral quvurlardagi avariyalar.
2) Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar. Tevarak-atrof tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi zaharli moddalaming (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va o‘simliklaming ko plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin boigan yoki olib kelgan taqdirda, y o i qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya- himoya hududidan chetga chiqishiga sabab boiadigan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yongin va portlashlar.
3) Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yongin uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan obyektlardagi odamlaming mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va oiimiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud boiishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan yonginlar va portlashlar; Odamlaming shikastlanishiga, zaharlanishiga va oiim iga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini oikazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qoilanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bogiiq avariyalar, yonginlar va jinslar qo‘porilish.
4) Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar. Sanoat va qishloq xo'jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, IES lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shaxobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar, yong‘inlar, aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatliliga xavf tug‘ilishiga olib keladigan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal obyektlardagi avariyalar; Atmosfera, tuproq, yer osti vayer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
5) Bino va inshootlaming birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar. Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya qutqaruv ishlari o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi obyektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to'satdan buzilishi, yonginlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6) Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar. Sanitariya-himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlaming y o i qo‘yiladigan ko p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan obyektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallami tashish vaqtidagi avariyalar; Radioizotop buyumlaming yo‘qotilishi; biologik vositaiami va ulardan olinadigan preparatlami tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiytadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalaming atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo'qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.

Download 101.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling