Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan
Favqulodda vaziyatning tavsifi. Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi
Download 101.52 Kb.
|
Umarov Bahodir 070-19 guruh mustaqil ish
Favqulodda vaziyatning tavsifi. Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:
1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi); 2. FV ning mohiyati (mazmuni); 3. FV ning sabablari; 4. FV ning shikastlovchi omillari; 5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar; 6. FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish); 7. FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlami bajarish); 8. Moddiy zarami aniqlash (bevosita va bilvosita). Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi. FV oqibatlari turli-tuman boiadi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: o‘lim, odamlami kasallanishi, inshootlaming buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FV ning ko‘pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bo‘ladi. Bu paytda o'la kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu ta’siming xavfli yeri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV xavfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bo’lsada, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi. FV ning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshootlar, moddiy resurslami barchasi - «Shikastlanish o‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish o‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bo‘ladigan o‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yongin natijasida - buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko‘p turli) shikastlanish o‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida уuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolaming buzilishiga, yongin, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, yer silkinishi, kuchli bo‘ron, inshootlaming buzilishidan tashqari, suv toshqini, yonginlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlaming chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talafotlarga olib kelishi mumkin. FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin, o‘z vaqtida va aniq olingan m aium ot samarali himoya uchun o‘ta muhimdir. FV lar quyidagilar natijasida paydo boiadi: 1. Og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo boiadigan, tez kechadigan jarayonlar; 2. Konstruksiyalar yoki inshootlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik koisatkichlaming pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri; 3. Inshootlaming loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo); 4. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlaming inshoot materiallariga ta'siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va isliqorlar ta’siri, gaz-bug‘ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri); 5 Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlami ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qgzonlarining, kimyoviy moddalarning, ko‘mir konlarida metan gazining sizib chiqishi va hokaszo) 6. Turli ko‘nnishlardagi harbiy faoliyatlar. Kelib chiqishi va turidan qat'iy nazar FV laming rivojida to‘rtta xarakterdagi fazalami ajratish mumkin: • uyg‘onish, paydo bolish fazasi; • rivojlanish, avj olish fazasi; • eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi; • Pasayish, tugash fazasi (oqibatini tugatish). Uyg‘onish fazasida bo‘lg‘usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlaming loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig‘ila boshlaydi va ko‘plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, muhandis texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Uyg‘onish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stansiyalaming kuzatuvlarini juda sinchiklab o‘rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi. Rivojlanish avj olish fazasida inson omili asosiy o‘rinni egallaydi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi .tufayli ro‘y berganligini koVrsatadi. Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof-muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo‘lishi, ya’ni FV kuzatiladi. FVning o‘ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda energiya to‘la, zaharli va biologik komponentlaming qo shilib ketishi tufayli uning rivojlanishi ko‘p martalab ortib ketadi. Pasayish, o‘tish fazasi vaqt bo‘yicha xavf manbaining jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin. FV laming shikastlanish sabab-oqibat zanjirini konkret sharoitda bilish, bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi. Download 101.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling