Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan


Download 101.52 Kb.
bet6/11
Sana05.05.2023
Hajmi101.52 Kb.
#1429399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Umarov Bahodir 070-19 guruh mustaqil ish

II. Asosiy qisim:

    1. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari.

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar (FV), kelib chiqish sabablariga ko‘ra tasnif qilinadi. FV laming bunday tasnif qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27- oktabrdagi "Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlaming tasnifi to‘g‘risida"gi 455-son qarorida tasdiqlangan va ulaming turlari xususidagi maiumotlar darslikning I- bobida berilgan. Atmosfera - yeming gazsimon qobig‘i boiib, hayot uchun zarur boigan birlikdir. Atmosfera yer ustiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir etadi va yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yeming himoya qobig‘idir, chunki u tirik organizmlami turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan keladigan meteoritlaming zararli ta’sirlaridan (shu jumladan, quyosh radiatsiyasidan ham) himoya qiladi. Agar atmosfera boimaganda edi, yer yuzasida ham oydagi kabi hayot boim as edi. Chunki, yer yuzasi kunduzi 100 gradus qizib, kechasi esa - 100 gradus sovugan boiardi. Atmosfera havosi har doim aralashib turishi uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizmng hamma joyida asosan bir xildir. Atmosfera havosining tarkibi asosan:. azot (78%); kislorod (21%) dan va qolgan 1% esa boshqa gazlardan; argon (0,93%); karbonat angidrid (0,03%) vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqa gazlardan tashkil topgan. Aynan havo tarkibini biri ko‘payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudod hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi vahalokatga olib kelishi mumkin. Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mayda zarrachalar r tutun, chang, to‘zon va boshqalar mavjud. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida nafaqat inson hayotini, balki tevarak-atrofdagi muhitni ham xavf ostiga qo‘yadi. Ilgarilari atmosfera havosi sanoat obyektlari ustidagina ifloslangan boisa, hozirda esa sanoat, transport, energetika va boshqa obyektlardan chiqqan chiqindilar katta-katta hududlarga tarqalib, havoning keng miqyosda ifloslanishiga sabab boimoqda. Atmosfera havosi 2 xil yo‘nalishda ifloslanishi mumkin (1-chizma). Tabiiy ifloslanish. Bunda kosmik changlar vulqonlaming otilishidan vujudga keladigan moddalar, tog‘ jinslari va tuproqning qulashi- dan vujudga keladigan moddalar; o‘simlik va hayvonlaming qoldiqlari; o‘rmon va dashtlardagi yong‘indan (tabiiy va sun’iy yongin oqibatidan); dengiz suvlarining qurishidan havoga chiqqan tuz zarrachalari (qurg‘oqchilik ofati oqibatida) oqibatida ifloslanish bo‘ladi. Agar bunda yuqoridagi moddalar me’yorid n ortiq boisa, katta halokatlarga olib kelishi mumkin. Ammo, atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar yer yuzasida boiadigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bugiari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yogingarchilikni vujudga keltiradi, quyoshdan kelayotgan radiatsiyani yutib, organizmni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi. Bundan ko'rinadiki, havodagi tabiiy changlar ma’lum darajada atmosfera tarkibining zaruriy elementi hisoblanadi va ular hodisa va jarayonlaming borishini tartibga solib turadi. Yana o‘simlik dunyosining yonishi, jumladan dov-daraxtlar barglarining yonishi oqibatida atmosfera havosiga juda zararli moddalar (konserogen moddalar) tarqalib tirik mavjudotlaming hayot faoliyatigaxavf soladi.


Download 101.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling