2) atmosferaning ifloslanishi korxona asbob-uskunalarining foydalanish muddatini o‘rta hisobda 1,5 barobarga kamaytiradi;
3) atmosferaning ifloslanishi oqibatida insonlar juda ko‘p og‘ir kasalliklarga uchrashi mumkin;
4) havoning ifloslanishidan qishloq xo‘jalik ekinlari ham zarar ko‘rmoqda;
5) havoning ifloslanishidan (achchiq tutunlar) avtomobillaming yurishi, samolyotlaming uchishi qiyinlashib juda ko‘p avariyalar bo’ladi;
6) atmosferaning ifloslanishidan yarim o‘tkazgichlar, aniq jihozlar, asboblar, vaksina va antibiotiklar ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda.
Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilish Ma’laiumki, atmosfera o‘z-o‘zini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yog’ingarchiliklar iflos moddalani, havoni yuvadi, shamollar havodagi ifloslovchi moddalami uchirib, bir joyda to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi, tuproqqa yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar reaksiyaga kirishib oqibatda neytrallashib qoladi. Lekin sanoat, transport rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi mashinalashgan va kimyolashtirilgan hozirgi sharoitda havoning sun’iy ifloslanishi ortib bormoqda. Shuning uchun atmosferaning sun’iy ifloslanishidan tozalash yoilarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Havo atmosferasining ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
l) Tutun chiquvchi quvurlami balandroq qurish; buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning konsentratsiyasi kamayadi. Masalan. baiandligi 100 m bo‘lgan quvurdan chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km boigan mintaqaga tarqalsa, baiandligi 250 m b o igan quvurdan chiqqan chang, gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi.
2) Pechlarda ko‘mir, torf, qoramoy yoqishning o‘miga. elektr energiyadan, gazlardan foydalanilsa - atmosferaga chang, qurum, tutun va zaharli gazlar kam chiqariladi. Olimlaming maiumotiga ko‘ra, ko’mir bilan ishlovchi korxonalar gazga o‘tkazilsa, havoga chiqariladigan oltingugurt gazi miqdori 10.000 marta, uglerod oksidi miqdori 2000 marta, azot oksidlari miqdori 5 marta kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |