Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Birinchi aksioma aytadi: “Moddiy dunyo umuman, xavfli”, ya‟ni moddiy 
dunyoning hamma unsurlari, avvalo, texnika vositalari va texnologiyalari, ijobiy 
xususiyatlari va natijalari bilan bir qatorda qandaydir xavf-xatar tug„dirish 
xususiyatlariga ega. 
Odamning har qanday yangi ijobiy xatti-harakati va oladigan natijalari albatta 
qandaydir yangi xavflarga olib keladi. Na faqat texnika va texnologiyalar, hatto 
odamlarning xatti-harakatlari noto„g„ri bo„lsa, ular ham xavfli. 
Ikkinchi aksioma: “manbadan chiqayotgan modda, energiya va axborot 
oqimlari, ulardan himoya qilinadigan ob‟ekt uchun belgilangan qiymatlarning 
chegaralanishidan oshib ketsa, xavf mavjud bo„lib, shu bilan birga yangi xavfni 
yaratadi”. 
Uchinchi aksioma: “xavf manbai bilan himoya ob‟ektining koordinatalari vaqt 
va fazoda bir xil bo„lsa, xavf amalga oshishi mumkin ”. Boshqacha aytganda 
xavflarning odamga va moddiy ob‟ektlarga nisbatan namoyon bo„lishi hamma vaqt 
va hamma joyda mavjud. 
To„rtinchi aksioma: xavf manbalarining ta‟siri ko„p variantli ekanligini 
bildiradi: “manbaning xavfliligi uning ta‟sir doirasida turgan hamma ob‟ektlarga 
bir vaqtning o„zida salbiy ta‟sir etadi”. Xavflar “qurboni”ni tanlab o„tirmasligi 
shunda o„z ifodasini topadi. Masalan, manbadan chiqayotgan zararli oqim ham 
odamga, ham biosferaning tuzilmalariga zararli bo„lsa, ikkalasi bir vaqtning o„zida 
zarar ko„radi. 
Beshinchi aksioma: “xavflarning ta‟siri himoya ob‟ektiga zarar bilan birga 
kechadi”. Jarohat yetkazuvchi omillarning ta‟siri o„z-o„zidan shikastlanishga yoki 
odamlar halok bo„lishiga olib keladi, ko„pincha tabiiy muhit va texnosferaning 
ba‟zi joylari yemirilib, katta moddiy zarar yetishi bilan birga ro„y beradi.


Zararli omillar odamlarning sog„lig„iga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, tabiiy muhitni 
buzib kasbiy yoki hududiy kasallikni keltirib chiqaradi, flora va faunani buzadi, 
biosfera tuzilmalari tarkibini o„zgartiradi. 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling