Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Jarohat (jarohat yetkazuvchi ) omil


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Jarohat (jarohat yetkazuvchi ) omil- odamga jarohat yetkazadigan yoki 
o„limiga sabab bo„ladigan salbiy ta‟sir. Yashirinib yotgan xavflarni nazarda tutib, 


“Odamning hayotiy faoliyati umuman xavfli” deyish mumkin. Bu-isbot talab 
etmaydigan aksioma. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, odamning barcha 
xatti-harakatlari, yashash muhitining barcha unsurlari, avvalo texnika vositalari, 
texnologiyalar, ularning ijobiy xususiyatlari va natijalarini istisno qilganda, jarohat 
yetkazadigan va zararli omillarni yuzaga keltiradi. Aytilgan aksiomaning haqligini 
“odam hayot muhiti” tizimining hamma rivojlanish bosqichida ko„rish mumkin. 
Masalan, ibtidoiy odam ham, hech qanaqa texnika vositasi bo„lmagan davrlarda, 
tabiiy salbiy omillarning ta‟siriga duch kelgan; bular-havo haroratining keskin 
pasayib va ortib ketishi, atmosfera hodisalari, yovvoyi hayvonlar bilan to„qnashish, 
tabiiy hodisalar va boshqalar. TSivilizatsiyalashgan dunyoda tabiiy omillarga 
texnikaviy omillar qo„shildi: havoda, suv havzalari va tuproqda zaxarli moddalar 
paydo bo„lishi, elektromagnit maydonlar,ionlovchi nurlanishlar, shovqin , 
vibratsiya va boshqalar. 
Antropogen xavflar odamning har qanday faoliyati davomida yuzaga 
keladigan chiqindilar bilan bog„liq. Har qanday xo„jalik ishida chiqindilar va 
yordamchi samaralar yuzaga keladi, ularni yo„qotib bo„lmaydi, faqat bir fizik va 
kimyoviy shakldan boshqasiga o„tadi yoki fazoda o„rnini o„zgartiradi. Sanoat va 
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida, transportda, energiya hosil qilish uchun 
yoqilg„ilardan foydalanishda, odamlar va boshqa jonivorlar hayotida, hammasida 
chiqindilar hosil bo„ladi. Ular atrof muhitga chiqindi sifatida, suv havzalariga 
tashlandiqlar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar sifatida, mexanik, issiqlik va 
elektromagnit energiya sifatida ishlab chiqarish qishloq xo„jaligi ishlarida paydo 
bo„lib boradi.. 
Chiqindilarning miqdoriy va sifat ko„rsatgichlari, ularga munosabatlarining 
cheklovlari xavflarning zonalari va darajasini belgilaydi. 
Odam texnik tizimlar: transport magistrallari, radio va teleko„rsatuv tizimlari, 
sanoat zonalariga tushib qolganda jiddiy texnikaviy xavflarga duchor bo„ladi. 
Bunday xollarda xavflarning darajasi texnik tizimlarning tavsifi va odam bu xavfli 
zonadan qanchalik uzoq turishiga bog„liq. 
Odam sanoatda va ro„zg„orda texnik qurilmalar: elektr tarmog„i va asboblari, 
stanoklar, qo„l asboblari, gaz ballonlari, qurol kabilardan foydalanganda ham 
xavflar yuzaga kelishi ehtimol. Ular texnika vositalarining nosozligi bilan ham
odamlar ulardan noto„g„ri foydalanishi bilan ham bog„liq holda ro„y beradi. 
Hozirgi paytda amalda uchraydigan salbiy omillarning soni 100dan ortadi.
Ishlab chiqarishning eng ko„p tarqalgan va ancha katta kontsentratsiyaga yoki 
energetik darajaga ega zararli omillari quyidagilar: havoning changiganligi va gaz 
bilan to„yinganligi, shovqin, titrashlar, elektromagnit maydonlar. Ionlovchi 
nurlanish, atmosfera havosining ortib yoki pasayib ketgan parametrlari (harorat, 
namlik, bosim, havo harakati), noto„g„ri va kam yoritilganlik, faoliyatning bir 


xilligi, og„ir jismoniy mehnat va boshqalar . Hatto ro„zg„orda odamlar ko„p salbiy 
omillar bilan yonma-yon yashaydilar. Bular : tabiiy gazning yonishidan hosil 
bo„lgan mahsulotlar bilan ifloslangan havo, sanoat korxonalari, avtotransport va 
axlat yoqishidan hosil bo„ladigan chiqindilar , zararli aralashmali ichimlik suv, 
sifatsiz oziq-ovqatlar, shovqin , infratovush, titrashlar, ro„zg„or asboblari, televizor, 
displey, elektr tarmoqlari simlari, radoreleli qurilmalarning elektromagnit 
maydoni, ionlovchi nurlanish (tabiiy fon, meditsina tadqiqotlari, qurilish 
materiallari foni, asboblar, ro„zg„or predmetlarining nurlanishi), ortiqcha va 
noto„g„ri iste‟mol qilinadigan dori-darmonlar, alkogol, tamaki tutuni. Bakteriyalar, 
allergiya keltirib chiqaruvchilar va h.k. 
Odam hayotiga xavf soladigan omillar dunyosi juda keng va u uzlyuksiz o„sib 
boradi. 
Shahar , ishlab chiqarish va ro„zg„or sharoitlarida odamga ta‟sir qiladigan 
salbiy omillarni bir nechta kompleksga ajratish qulay. Har bir ondagi omillar 
“odam-yashash muhiti” tizimining joriy holatiga bog„liq. 
2-rasmda sanoat korxonasida ishlaydigan shaharlikning “odam-texnosfera” 
tizimida sutkalik ko„chib yurishi tasvirlangan; ko„chish radiusi shartli ravishda 
antropogen salbiy omillarning nisbiy ulushiga to„g„ri keladi (yashash muhiti turli 
variantlarda).

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling