Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Xavfsizlik - himoyalanayotgan ob‟ektning holati bo„lib, bunda unga modda
energiya va axborot oqimlarining ta‟siri eng katta joiz qiymatdan ortib ketmaydi. 
Xavfsizlik xolatini amalga oshirish haqida gapirganda himoya ob‟ektini va unga 
ta‟sir etayotgan xavflar majmuasini yaxlit qarab chiqish kerak. 
Hozirgi kunlarda quyidagi xavfsizlik tizimlari mavjud: 
3 jadval 
Xavf turi
Himoya ob‟ekti 
Xavfsizlik tizimi 
Odamning faoliyat muhitidagi 
xavflar 
odam 
Xavfsizlik 
(mehnat 
muhofazasi) 
Faoliyat va dam olish, shahar 
va turarjoy xavflari, texnosfera
xavflari 
Odam 
Odamning 
hayotiy 
faoliyat xavfsizli 
Texnosfera xavflari 
Tabiiy muhit 
Tabiiy muhitni saqlash 
Tashqi va ichki umumdavlat 
xavflari 
Jamiyat, millat 
Davlat xavfsizligi tizimi, 
milliy xavfsizlik 
Biosfera va texnosferaning
favqulodda xavflari, jumladan
Odam 
Tabiiy muhit 
Favqulodda vaziyatlardan 
himoyalash, yong„in va 


yong„inlar , ionlovchi ta‟sirlar 
Moddiy resurslar 
radiatsiya himoyasi 
Nazorat 
qilinmaydigan 
va 
boshqarilmaydigan 
umuminsoniy 
faoliyat 
(aholining 
o„sishi, 
yangi 
qirg„in qurollari, iqlimning 
isishi va sh.k.)ning xavflari 
Odamzod 
Biosfera 
Texnosfera 
Global 
xavfsizlik
Koinot xavflari 
Odamzod, 
yer 
sayyorasi 
Koinot xavfsizlik 
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, hozirgi kunlarda amal qilayotgan xavfsizlik 
tizimlari (himoya ob‟ektlari bo„yicha) quyidagi turlarga bo„linadi:
-odamning faoliyati jarayonida shaxsiy va kollektiv xavfsizlik tizimi; 
-tabiiy muhitni (biosferani) saqlash tizimi; 
-davlat xavfsizligi tizimi; 
-global xavfsizlik tizimi. 
Odamning xavfsizligini ta‟minlash tizimi ustivor kuchga ega. 
Ilmiy-texnikaviy 
inqilob 
davrida 
ishlab 
chiqarishning 
taraqqiyoti 
jaroxatlovchi va zararli omillar (ishlab chiqarish muhitida)ning ko„payishi bilan 
birga kechdi va hozir ham shunday bo„layapti. Masalan, ichki yonuv dvigatelining 
ixtiro qilinishi ko„plab tashuv muammolarini hal qildi, lekin, bir vaqtning o„zida 
yo„llarda jarohatlanishni ko„paytirdi, odam va tabiiy muhitni avtomobillarning 
zaharli chiqindilaridan himoyalash muammolarini tug„dirdi (chiqindi gazlar, 
moylar, shinalarning yeyilish mahsulotlari va h.k.). 
Jadal sur‟atlar bilan rivojlanayotgan texnosferada odam, o„z faoliyati 
sermaxsul va qulay, shaxsiy xavfsiz bo„lishiga intilishi “Odam hayotiy 
faoliyatining xavfsizligi” tizimida hal qilinishi lozim masalalar sonini ko„paytirib 
yuboradi. Akademik N.N.Moiseevning fikricha “odamzod o„z mavjudligining 
shunday yangi erasiga kirib keldiki, bunda o„z qo„li bilan ishlab chiqargan va 
yashash muhitiga ta‟sir etadigan vositalarning quvvati sayyora tabiatining ulkan 
kuchlari bilan tenglashib qoladi. Bu- na faqat g„urur, balki o„zining oqibatlari bilan 
xavflidir, oqibat yer yuzidagi tsivilizatsiyani,hatto barcha tirik mavjudotning qirilib 
ketishigacha borishi mumkin”. 
Texnosferada odamning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta‟minlash hamma 
vaqt tabiiy muhitni saqlash masalalari bilan bog„liq. 
Yashash muhitiga antropogen salbiy ta‟sirlarning ko„payishi doimo bevosita 
ta‟sir (masalan: Atmosferada zaharli aralashmalar miqdorining o„sishi) bilan 
cheklanib qolmaydi. Ma‟lum sharoitlarda ikkilamchi salbiy ta‟sirlar yuzaga kelishi 
mumkin. Bularga kislotali yomg„irlar, “issiqxona effekti”, atmosferaning ozan 


qatlami yemirilishi, hayvonot va baliqlar organizmida, oziq-ovqat mahsulotlarida 
zaharli va kantserogen moddalarning to„planishi va boshqalar. Bu masalalar yuqori 
pog„onalarda: texnosfera, hududiy, biosfera, global miqyoslarda hal qilinadi. 
Texnosferadagi xavflar uzlyuksiz ko„payib borayapti, ulardan himoyalanish 
usul va vositalari esa kechikib ishlab chiqilayapti va takomillashayapti. Xavfsizlik 
muammosining dolzarbligi hamma vaqt salbiy omillarning ta‟siri natijalari: 
qurbonlar soni, biosfera komponetlari sifatining yo„qolishi, moddiy zararlar bilan 
o„lchab qilinadi. Shu asosda ta‟riflangan himoya tadbirlari o„z vaqtida bo„lmay 
qoladi, kamlik qiladi va samara bermaydi. Bunga yorqin misol qilib, 70-yillarda, 
chamasi o„ttiz yil kechikish bilan boshlangan ekologik shov-shuvni ko„rsatish 
mumkin; u hali hanuz ba‟zi mamlakatlarda yetarlicha kuchga kirgani yo„q. 
“Odamning hayotiy faoliyat xavfsizligi” tizimida maqsad va masalalarni ilmiy 
asosda amalga oshirish kerak.
Hayotiy faoliyati xavfsizligi haqidagi fan odamning yashash muhitidagi 
xavflarni tadqiq etadi, odamni ulardan himoyalash usullari va tizimlarini ishlab 
chiqadi. Zamonaviy tushunchada esa, kundalik hayot sharoitlarida ham, texnikaviy 
va tabiiy favqulodda vaziyatlarda ham yuzaga keladigan ishlab chiqarish , ro„zg„or 
va shahar muhiti xavflarini o„rganadi. 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling