Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi-


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi-bo„lgusi mutaxassislarga 
xavflarning turlari va ulardan muhofazalanish usullarini o„rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, sanoat hamda davlat 
va jamiyat tashkilotlarining qanday sohaga mansubligidan qat‟iy nazar, har bir 
mas‟ul shaxsga mehnat muhofazasi bo„yicha umumiy tushunchalar va 
qonuniyatlari, mehnat xavfsizligining umummuhandislik asoslari, mehnat gigienasi 
va ishlab chiqarish sanitariyasi, avariyalar, yong„in va portlash xavfsizligi 
masalalarini ilmiy asoslab, uni amaliy yechimini topish usullarini o„rgatish.
Ishlab chiqarish korxonalarida shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi 
kurashishning zamonaviy usullari va muhofaza vositalarini qo„llash natijasida 
baxtsiz hodisalardan, zaharli moddalardan samarali himoyalanishni, yong„in va 
portlash hodisalarini oldini olishda nazariy bilimlar asosida,amaliy chora-
tadbirlarini ishlab chiqish hamda uni amaliyotda tadbiq etib, bajarilishini 
ta‟minlashdan iboratdir. 
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi-inson faoliyatining har 
qanday sharoitdagi xavfsizligini o„rganishdir va quyidagilarni o„z ichiga oladi:
-ishlab chiqarish sohasida sodir bo„ladigan xavfli va zararli vaziyatlar 
tug„ilganda yoki tug„ilishi mumkin bo„lganda, ushbu vaziyatlarni oldini olishda
o„rgangan bilim va ko„nikmalarini amalda qo„llay oladigan; 
-baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong„in va 
portlashlarning oldini olish usullarini biladigan, ularning kelib chiqish sabablarini 
amalda aniqlay oladigan; 
-Hayot faoliyati xavfsizligi va ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkiliy 
va texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqara oladigan, yetuk saviyadagi bilimga ega 
bo„lgan mutaxassis xodimlarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi. 
 
1.1.2.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling