Ishlab chiqarishning zararli fizik omillari: Ishchi zona havosining oshib
yoki pasayib ketgan harorati; havoning yuqori namligi va tezligi; shovqin, titrash,
ultratovush va turli nurlanishlar; issiqlik, ionlovchi, elektromagnit, infraqizil va
boshqalar darajasining ortib ketishi; ish zonasi havosining changliligi va zararli
gazlari; ish joyi, yurish yo„llari yetarlicha yoritilmaganligi; yorug„likning ortiqcha
yorqinligi va nur oqimining pulsatsiyalanishi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli kimyoviy omillari: odam organizmiga
ta‟siriga qarab quyidagi guruhlarga bo„linadi: umum zaharlovchi, qo„zg„atuvchi,
sensibilli (allergik kasallarni keltirib chiqaruvchi) , kantserogen (shish paydo
qiluvchi) mutagenli (organizmning irsiyatiga ta‟sir etuvchi) va nasl qoldirish
qobiliyatiga ta‟sir etuvchi. Bu guruhga agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar )
kiradi; ular terini kuydiradi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli biologik omillariga mikroorganizmlar
(bakteriyalar, viruslar va boshqalar) makroorganizmlar (o„simliklar va hayvonlar)
kiradi; ular odamga jarohat yetkazish yoki uni kasal qilishi mumkin.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli psixo-fiziologik omillariga jismoniy
zo„riqish (statik va dinamik), asab-psixik zo„riqish (aqliy zo„riqish, eshitish,
ko„rish a‟zolarining charchashi) kiradi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari o„rtasida ma‟lum bog„lanish
mavjud. Ko„p holatlarda zararli omillar xavflisini keltirib chiqaradi. Masalan:
ishlab chiqarish binosidagi havoning o„ta namligi va tok o„tkazuvchi changning
borligi (bular – zararli omillar) odamni tok urish xavfini (xavfli omil) kuchaytiradi.
ZIO ning ishlovchilarga ta‟sir darajasi chegaraviy-ruxsat etilgan (joiz) qiymatlar
bilan me‟yorlangan, ular mehnat muhofazasi standartlarida va sanitariya-gigiena
qoidalarida ko„rsatilgan. ZIOning chegaraviy joiz qiymati GOST 12.0.002-80da
ko„rsatilgan bo„lib, u har kuni, ma‟lum muddat ta‟sir etganida, odamning butun
mehnat staji davomida ish qobiliyatini pasaytirmasligi va kasallik keltirib
chiqarmasligi kerak; keyingi hayoti davomida ham kasal qilmasligi, naslining
sog„lig„ida asorat qoldirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |