Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Yerning ba‟zi kontinentlaridagi maydonlar tarkibi


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Yerning ba‟zi kontinentlaridagi maydonlar tarkibi 


2 jadval 
Kontinent 
Buzilmagan hudud 

Qisman 
buzilgan 
hudud % 
Buzilgan hudud % 
Evropa 
Osiyo 
Shimoliy Amerika 
15,6 
43,6 
56,3 
19,6 
27,0 
18,8 
64,8 
29,4 
24,9 
Bu jadvaldan ko„rinadiki, planetada ekotizimi buzilmagan juda oz hududlar 
qolgan. Ekotizim yuqori darajada buzilgan mamlakatlar yevropada, Shimoliy 
Amerika va Yaponiyada. 
-qulay (optimal); bunda oqimlar optimal o„zaro ta‟sirda bo„ladi, ya‟ni faoliyat 
va dam olishning optimal sharoitini ta‟minlaydi, eng yuqori ishchanlikni namoyon 
qilishga zamin tayyorlaydi va buning natijasida umumiy faoliyatni ta‟minlaydi, 
odamlar sog„lig„ini saqlashni va yashash muhiti komponentasining yaxlitligini 
kafolatlaydi; 
-ruxsat etilgan (joiz); bunda oqimlar odamga va muhitga ta‟sir etadiyu, lekin 
odam sog„lig„iga ziyon yetkazmaydi, faqat noqulaylik tug„dirib, faoliyati 
samarasini pasaytiradi; 
-xavfli; bunda oqimlar joiz darajadan ortib ketadi va odam sog„lig„iga salbiy 
ta‟sir qiladi, uzoq vaqt ta‟sir etsa, kasallik keltirib chiqaradi, tabiiy muhitni buzadi; 
-o„ta xavfli; bunda yuqori darajadagi oqimlar qisqa vaqt ichida odamga shikast 
yetkazishi, hatto halok qilishi, tabiiy muhitni yemirishi mumkin. 
Keyingi ikki holatning salbiy natijalari xavflarni belgilaydi. 
Xavf-jonli va jonsiz materiyaning salbiy xususiyati bo„lib, materiyaning 
o„ziga, odamlarga, tabiiy muhitga, moddiy boyliklarga zarar yetkazish qobiliyatiga 
ega. Xavflar kimga va nimaga ta‟sir etishni tanlab o„tirmaydi. Xavf (manbaasi) 
jarayonlar, hodisalar, texnogen muhit va odamlarning faoliyati bo„lishi mumkin. 
Xavflarning kelib chiqishi tabiiy, texnikaviy (texnogen) va odamzodga oid 
(antropogen) bo„ladi. Tabiiy xavflarga tabiiy hodisalar, iqlim sharoitlari, joy relefi 
va boshqalar kiradi. Bunday xavflar har yili 25 mln.dan ortiq odamning hayotiy 
xavf soladi. Masalan, 1990 yilda dunyo bo„ylab, zilzilalar natijasida 52 mingdan 
ortiq odam hayotdan ko„z yumdi. Odamning yashash muhitiga salbiy ta‟siri, 
afsuski, tabiiy xavflar bilan cheklanmaydi. Odamzod o„zining moddiy 
ta‟minlanganligi va qulayliklari sababli, o„zining yashash muhitiga o„z faoliyati va 
faoliyati maxsulotlari (texnika vositalari, turli chiqindilar va h.k.) bilan uzlyuksiz 
ta‟sir etib turadi va muhitda texnikaviy va odamzodga oid xavflarni hosil qiladi. 
Texnikaviy xavflar-mashinalar, inshootlar, moddalar va boshqa narsalardan
odamzodga oidlari esa odam yoki odamlar guruhining xato yoki ruxsat etilmagan 
xatti-harakatlaridan odamning o„zgartiruvchilik faoliyati qancha yuqori bo„lsa, 


antropogen xavflarning darajasi va soni, odam va atrof muhitga salbiy ta‟siri 
shuncha katta bo„ladi. 
Zararli omil-odam o„zini yomon his qilishiga yoki betob bo„lib qolishiga 
sabab bo„ladigan salbiy ta‟sir . Hayot faoliyati xavfsizligi - bu tegishli qonun va 
boshqa me‟yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi 
xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taominlashga qaratilgan 
ijtimoiy - iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash - 
profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling