Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja
Download 481.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hudud
mehnat sharoitlari – mehnatni amalga oshirish chog„idagi ijtimoiy va
ishlab chiqarish omillari yig„indisi; mehnatni muhofaza qilish – mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog„lig„i, ish qobiliyati saqlanishini ta‟minlashga doir huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; mehnatda mayib bo„lish – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg„un yo„qotishi; noqulay ishlab chiqarish omillari – zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi; xavfli ishlab chiqarish omili – ta‟siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo„lgan ishlab chiqarish omili; shaxsiy himoya vositalari – xodimga zararli ishlab chiqarish omili va xavfli ishlab chiqarish omili ta‟sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar. Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) ishlayotgan odamga ta‟sir etib, uning ishlash qobiliyatini pasaytiradi, surunkali kasb kasalligini keltirib chiqarishi mumkin; ishlab chiqarishning xavfli omillari (XIO) esa odamni jarohatlaydi yoki sog„lig„iga keskin ta‟sir etadi (o„tkir kasallanish ro„y beradi). GOST 12.0.003-91- “Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari”ga ko„ra, bu xavflar to„rt guruhga bo„linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. Hudud- biosfera yoki texnosfera holatining umumiy tavsiflariga ega bo„lgan maydon. Ishlab chiqarish muhiti- odamning mehnat faoliyati kechadigan makon. Texnosferani hosil qilar ekan, odam yashash sharoitining qulayligini oshirishga, ko„chib yurishlarini osonlashtirishga, tabiiy salbiy ta‟sirlardan himoyani kuchaytirishga intilib keldi. Bularning bari hayot sharoitiga yaxshi ta‟sir etib, boshqa omillar bilan birgalikda odamlar hayotini uzaytirishga (tibbiy xizmatning yaxshilanishi va boshqalar) olib keldi (1 jadval): 1 jadval Asrlar Hayotning davomiyligi Mis, bronza, temir XIX asr oxiri XX asr oxiri 30 35-40 60-63 Inson o„z qo„li bilan hosil qilgan texnosfera ko„p jihatdan odamlarning ishonchini oqlamadi. Ishlab chiqarish va shahar muhitlari xavfsizlik va ekologiya jihatidan ruxsat etilgan talablardan uzoq bo„lib chiqdi. Planetaning ko„plab hududlaridagi biosfera texnosfera bilan aralashib ketdi (2 jadval): Download 481.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling