Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.3. Shaxsning hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlashga ta‟sir
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.3. Shaxsning hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlashga ta‟sir
etuvchi sifatlarini rivojlanishi Manbalarga asosan shaxsning sifatlari temperament, xarakter, iroda, emotsional soha va qobiliyatga bo‗linadi. Bu barcha bo‗linishlar shaxs sifatlarini muxtor beg‗arazlik nuqtai nazaridan ham, ularga u yoki bu ta‘siri usullari, ularning rivojlanishini baholash bo‗yicha ham yetarlicha shartlidir. Biroq, adresli ta‘sir parametrlarni, xususan shaxsning rivojlanishi davriyligini hisobga olgan xolda asoslash uchun bunday qarash muvofiq hisoblanadi. Temperament deb, insonning ruhiy faoliyatini dinamik xususiyatlari (tezlik darajasi, ritm, asabiy jarayon va xolatlarni intensivligi, o‗zini tutish xolatlari, faoliyatning individual uslubi) tushuniladi. Temperament faoliyat miqdorini va shaxs ahloqini shartlab qo‗ymaydi, shaxs qadriyatini, uning sabablarini, zaruratlarini, maqsadlarini, dunyoqarashlarini baholamaydi. Lekin u hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash jarayonida yuqoridagi tavsiflarni o‗zlashtirishga hayrixoxlik qiladi. Rasm 23. Insonning ruhiy faoliyati Temperament klassifikatsiyasini juda ko‗p turlari bo‗lib, eng ko‗p 65 ishlatiladiganlari insonlarni shartli ravishda serjahl, xushchaqchaq, loqayd va xafaqonlik turlari hisoblanadi. Insonda toza turdagi temperament juda kam uchraydi, lekin odatda ulardan biri ustunlik qiladi. Ustunlik qiluvchi temperamentni bilish inson xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi u yoki bu faoliyatga kasbiy layoqatini baholashning yanada asoslashga imkon beradi. Har bir temperament xavfsizlikni ta‘minlash borasida muvaffaqiyat qozonish nuqtai nazaridan o‗zining kuchli va kuchsiz tomoniga ega. U turg‗un tabiiy asosga ega bo‗lsa ham, tarbiya, hayotiy sharoitlarning uzoq ta‘sir etishi natijasida muhitning ma‘lum miqdordagi ta‘siriga uchraydi. Bu xolat temperamentning imkoniyatlarini (asosan yorqin ifodalangan xossalari bo‗lgan beixtiyor serjahllik, loqaydlardagi o‗ta sustkashlik) hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning individual va xususan korporativ bosqichida birmuncha yaxshilash haqida gapirish imkonini beradi. Temperamentni yaxshilash tarbiyalash yo‗li bilan amalga oshirish imkoni maktabgacha davrda va boshlang‗ich umumiy ta‘lim olish vaqtida ayniqsa samarali bo‗lib, asosiy umumiy ta‘lim olish chog‗ida esa kamroq samara beradi. Bu jarayonda oilaviy tarbiya, o‗z-o‗zini tarbiyalash katta rol o‗ynaydi. Yetuklik davrida temperamentni yaxshilab bo‗lmaydi, bu vaqtda xavfsizlikni ta‘minlash nuqtai nazaridan uning faqat xossalari hisobga olinishi (kasbga psixologik tanlov, personallarni tanlash va joylariga o‗tqazish va h.k) mumkin. Xarakter deb, faoliyat va muloqat chog‗ida, o‗ziga va odamlarga, atrof- muhitga nisbatan turg‗un namoyon bo‗ladigan va shunga o‗xshash xolatlarida shaxsga xos axloq shakllarini ng individual xossalarini jamlanmasi tushuniladi. Xarakterning asosiy elementlari – turli sharoitlarda odamlarning axloqiy xossalarini tizimiy, yuqori chastotada namoyon bo‗ladigan shaxsiy xislati chizgilaridir. Xarakterni turg‗unlik xislatlari namoyon bo‗lishi turli yashash xolatlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash nuqtai nazaridan uning yuqori 66 ahamiyati haqida fikrlash imkonini beradi. Xarakter xislatlarini rivojlanish usullarining nomenklaturasini o‗rnata turib, shaxsning shakllanish davriyligini e‘tiborga olish va bularni qayd etish bilan madaniy, informatsion, shu jumladan o‗quv, tarbiyaviy ta‘sir texnologiyasini loyixalash kerak. Xozirgi vaqtda ko‗p miqdorda xarakter xislatlarining klassifikatsiyasi mavjud. Bu soxadagi ko‗plab izlanishlarning tashxizi asosida xarakter xislatlarini klassifikatsiyasi quyidagicha bo‗ladi (24-rasm). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling