Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (ktezm) ta’sir qilganda
birinchi yordam
Ammiak gazi tarqalganda:
xavfli hududdan shamolga perpendikulyar yo‘nalishda tezda
chiqib ketish kerak;
xavfli hududga 200 metrgacha yaqinlashmaslik zarur;
shamol tarafdan turmang;
yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘ring;
chekmang;
olov va uchqunlar manbayini yo‘qoting;
to‘kilgan moddaga tegmang;
yong‘in vaqtida idishlarga yaqinlashmang;
agar uydan chiqib ketishga ulgurmasangiz, darhol binoning
pastki qismlariga, yerto‘lalarga yashirinish kerak.
Ammiakdan zaharlangan kishiga:
- Jabrlangan kishiga gazniqob yoki limon kislotasining 5%li
eritmasida namlangan paxtali-dokali niqob kiydirish.
- Jabrlangan kishini zaharlangan hududdan olib chiqish.
- 15 daqiqa ichida badanning ochiq joylarini oqar suv bilan,
ko‘zlarni esa bor kislotasining 1%li eritmasi bilan yuvish.
- Ko‘proq iliq suyuqlik ichirish (choy,sut va hk.).
- Jabrlangan kishini tibbiy muassasaga olib borish.
Xlor gazi tarqalganda:
Xavfli hududdan shamolga perpendikulyar yo‘nalishda tezda
chiqib ketish kerak.
Xavfli hududga 200 metrgacha masofaga yaqinlashmang.
Shamol tarafdan turmang.
Chuqurlik va pastliklarga tushmang.
127
To‘kilgan moddaga teginmang.
Yuqori nafas yo‘llarini namlangan matoda berkitib himoya
qiling.
Agar uydan chiqib ketishga ulgurmasangiz, unda barcha
eshik va derazalarni berkitib, tirqishlariga namlangan lattalarni
tiqib tashlang.
Ko‘p qavatli binoda yashovchilar darhol yuqori qavatlarga
intilishi kerak.
Aloqa vositalari orqali keyingi harakatlar haqida ma’lumot
olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |