Sovuq urishining sabablari.
Kishi sovuqda uzoq vaqt bo‘lib, uning organizmi tana
haroratini boshqara olmaydigan holatga kelganda sovuq urishi
yuz beradi. Atrof-muhit harorati, namlik va shamol singari
tashqi sharoit va ularning ta’siri qancha davom etishi
termoregulyatsiya (tana haroratining bir xilda tutib turilishi)ga
hamda sovuq urishi qanchalik tez yuz berishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Sovuq urishining oldini olish.
Aql-idrokga tayangan holda hamda quyidagi tavsiyalarga
amal qilib ish tutilsa, sovuq urishining oldini olish mumkin.
Badan bilan kiyim o‘rtasida iliq havo qatlamini hosil qiluvchi
bosh kiyimi hamda jun mato, mo‘ynadan tayyorlangan kiyim
kiyib yuring. Bir necha qavat kiyining, toki zarurat bo‘lganida
bir qavatini yechib qo‘yib, tana haroratini boshqarish
imkoniyatingiz bo‘lsin. Tez sovuq urishi mumkin bo‘lgan tana
qismlari: qo‘l-oyoq barmoqlari, burun, quloqni berkitib yuring.
Ko‘proq issiq ichimlik iching, bu tana haroratini bir xilda
tutib turishga yordam beradi. Agar issiq ichimlik topishning iloji
bo‘lmasa, oddiy suv iching. Tarkibida kofein bo‘lgan (kofe,
choy) hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyiling,
chunki ular organizm issiqlik ishlab chiqarishiga to‘sqinlik
qiladi.
Sovuqqa qisqa muddatga tez-tez chiqib, so‘ng issiq xonada
isining. Shunda organizm past haroratning qisqa muddatli
ta’siriga ko‘nikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |