3-bosqich.
• bironta odamni tez yordam chaqirishga jo‘nating.
4-bosqich.
• jabrlanuvchiga tasalli bering.
• jabrlanuvchiga hech narsa ichirmang (agar jabrlanuvchi
tashnalikni his etayotgan bo‘lsa, labini suv bilan ho‘llab turing).
5-bosqich.
• uning hayotiy belgilarini kuzatib turing.
• Agar jabrlanuvchi hushini yo‘qotsa, nafas yo‘llarini oching
va nafas bor-yo‘qligini tekshiring.
• Yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazishga tayyor bo‘ling.
Sovuq urishi
Sovuq urishi - tez yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan, sovuq
oldirish bilan bog‘liq shikastlanishdir. U tananing sovuq ta’sir
185
qilgan ma’lum qismida yuz beradi hamda organizm to‘qimalari
muzlashidan iborat bo‘ladi. Yuzaki sovuq urganda faqat teri
zararlanadi. Qattiq sovuq urganda teri ham, teri osti to‘qimalari
ham shikastlanadi. Sovuq oldirishning har ikkala turi ham
xavfli. Sovuq urganda hujayralararo va hujayra ichki suyuqligi
muzlaydi, kengayib, shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Muz
kristallari va shish hujayralar shikastlanishini yoki o‘lishini
keltirib chiqaradi. Sovuq urishi natijasida kishi oyoq-qo‘l
barmoqlaridan, panjalaridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |