Hayot faoliyati
% ga kamayib, aksincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 60 %
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
40 % ga kamayib, aksincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
eksporti 60 % ga ortgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud aholi ehtiyojlari darajasidan 3 baravar ko‘p miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida xorij mamlakatlariga oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 20 %ga ortgan. Hozirda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqaror ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Butunjahon savdo tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra dunyo savdosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo balansi narxlarning muntazam ko‘tarilib borishiga qaramay umumiy savdo balansining 10 %ni tashkil etmoqda. Bu esa mamlakatimizda ham oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta tayyorlash va saqlash masalalariga e’tiborli bo‘lish zarurligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yladigan talablar ortib bormoqda. Endi nafaqat ko‘rinishi va ta’mi, shuningdek, ozuqaviy qiymati, to‘yimliligi, uzoq muddat 146
buzilmasdan saqlanish xususiyati ham tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan oziq-oqat mahsulotlariga turli qo‘shimchalar qo‘shish oddiy holatga aylandi. Genetik muhandislik – organizm to‘qimalaridan genlarni ajratish, ularni boshqa organizmlarga kiritish, genlar bilan turli ko‘rinishdagi o‘zgartirish ishlari olib borish bo‘yicha usul, uslub va texnologiyalar yig‘indisidir. Bunda molekulyar klonlash yo‘li bilan genetik tuzilmaga ta’sir o‘tkaziladi. Bu yo‘l bilan so‘nggi paytda donli ekinlarning genetik takomillashtirilgan navlari, inson insulini kabi mahsulotlar olinmoqda. Genetik muhandislik – genetik takomillashtirilgan yoki talab darajasidagi sifatga ega mahsulotni yetishtirishga xizmat qiladi. Genetik takomillashtirilgan mahsulotlaridan (GTM) foydalanishning afzalliklari bor, ya’ni ular hosildorlikni oshirish evaziga ocharchilik muammosini hal etishga yordam beradi, olinayotgan mahsulotlarning ozuqaviylik hamda to‘yimlilik darajasini oshiradi. Ammo GTM mahsulotlarini qo‘llash jarayonining inson organizmiga salbiy ta’siri ham mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan: organizmda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi, immunitet tizimining shikastlanishi, turli mutatsion o‘zgarishlar, modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, onkologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, antibiotiklar ta’sirini sezmaslik kabi jihatlar shular jumlasidan. Shuningdek, GTM mahsulotlari qishloq xo‘jaligi va biologik xilma-xillikka ziyon keltiradi, foydali hashoratlar, mikroorganizmlarga zarar ko‘rsatadi. Oziq-ovqat sanoatida bo‘yoqlar mahsulotni qayta ishlash jarayonida yo‘qotilgan rangni tiklash, rangsiz mahsulotlarga (alkagolsiz rangsiz ichimliklar, muzqaymoqlar, konditer mahsulotlari) yorqin xaridorbop ranglar berish maqsadida qo‘llaniladi. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar oziq-ovqat sanoatida ishlatilayotgan bo‘yoqlar (tartrazin, xinolan, sanset, azorubin, ponso) bilan bolalar kasalliklari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklik mavjudligi aniqladi. Jumladan: o‘ta yuqori faollik va qo‘zg‘aluvchanlik, diqqatni bir joyga jamlay olmaslik, kayfiyatsizlik, holsizlanish, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak 147
yo‘li buzilishlari kabi jihatlar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlangan. Ko‘pchilik oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shimchalarga ega bo‘lib, bu qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlariga ta’m berish, ularning saqlash muddatini oshirish maqsadlarida qo‘llanadi. Lekin bu qo‘shimchalar qo‘llanganda oziq-ovqat mahsulotlari o‘ramidagi maxsus yorliqlarda ular haqida ma’luot berilishi shart. Eng ko‘p qo‘llanadigan ta’m kuchaytiruvchi natriy glutamat (E621) hisoblanadi. Sof holda bu birikmaning ta’mi ham kuchi ham yo‘q. Lekin u xohlagan oziq-ovqat mahsulotining ta’mini kuchaytiradi. Natriy glukamatni tez-tez iste’mol qiladigan kishiga oddiy ovqatlarning ta’mi yo‘qdek tuyuladi, chunki uning ta’m biluvchi retseptorlari sezuvchanlikni yo‘qotadi. Shunda inson ushbu «lazzatli zirovor»ga qaram bo‘lib qoladi. Ko‘pincha natriy glukamat mahsulot yorliqlarida «ta’m qo‘shimchasi» yoki «ta’m yaxshilovchi» deb ham yoziladi. Natriy glukanatni ko‘p iste’mol qiladigan kishilar bosh og‘rig‘i, yurakning tez urishi, paylar bo‘shashishi, harorat ko‘tarilishi va ko‘krak qisishidan shikoyat qiladilar. Har bir mahsulotda aynan qaysi qo‘shimchalar borligini bilish qiyin emas. Buning uchun mahsulot o‘ramini diqqat bilan o‘qib, undagi «E» harfini topish kerak. Keyin bu mahsulotda qaysi qo‘shimchalar borligini ko‘rsatuvchi sonlar qatori keladi. Garchi ushbu mahsulotlar ozuqaviy, deb nomlansada, ularning organizm uchun ta’siri turlicha, ba’zilari esa ochiqdan ochiq zararlidir. Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish hayotda juda ko‘p uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bunda inson sifatsiz, noto‘g‘ri saqlangan, buzilgan yoki zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlarini bilmasdan iste’mol qiladi. Ko‘p hollarda bunga bakteriyalar va toksinlar sabab bo‘ladi. Muzlatgichda xom go‘shtni 5 kun, tovuq, baliq va farsh mahsulotlarini 2 kundan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Ko‘pincha yetarlicha haroratda saqlanmaganligi bois go‘sht, tuxum, tovuq go‘shti, sut, tort va pishiriqlar, mayonezli salatlar tez buziladi. Ko‘pincha sifatsiz konservalangan mahsulotlar bilan inson organizmiga botulizm xastaligini keltirib chiqaruvchi bakteriya148 lar tushadi. Bunda qorin sohasida kuchli og‘riq, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, mushaklar bo‘shashishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi va qusish kabi belgilar kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda qorin og‘rig‘i, ich ketishi (qon bilan), qusish, nafas olishning qiyinlashuvi, terlash, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, bosh aylanishi kabi belgilar kuzatiladi. Oziq-ovqatdan zaharlanganda bemor juda ko‘p midorda suyuqlik ichishi, antibiotiklar olishi zarur. Botulizmda har doim botulizmga qarshi ziddi-zahar vositasi qabul qilinadi. Agar zaharlanish kimyoviy moddlar ta’siri tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa bunda organizmdan zaharni chiqarish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Buning uchun juda ko‘p miqdorda suyuqlik iste’mol qilish zarur. Agar kasallik belgilari o‘tib ketmasa zudlik bilan tibbiyot muasasalariga murojaat etish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini olishning eng asosiy vositasi ovqatni to‘g‘ri, tartibli, ozoda va belgilangan sanitariya va gigiyena me’yorlarga amal qilgan holda tayyorlashdir. Shuningdek, idish-tovoqlarni toza, oshxona sochiq va idish-tovoq yuvish ashyolarini tez-tez yuvib toza tutish kerak. Ishlab chiqarilgan joyi noaniq va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda uy sharoitida sabzavotlardan tayyorlangan konserva mahsulotlarini sotib olmaslik va iste’mol qilmaslik zarur.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling