Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Atrof-muhim va taraqqiyot bo‘yicha Rio deklaratsiyasi davlatlarning
mazkur muammolarga taalluqli bo‘lgan huquq va burchlarini belgilagan holda «Kun tartibida XXI asrga tashrif» ni qo‘llab quvvatlaydi. Deklaratsiyaning ayrim tamoyillariga ko‘ra: * Barqaror taraqqiyot tashvishlari odamlar zimmasiga tushadi. Insonlar tabiat bilan uyg‘un holda sog‘lom va farovon hayot kechirishga haqlidir. * Jiddiy yoki o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan zarar yetkazish xavfi tug‘ilganda atrof-muhit tanazzulini bartaraf etish ilmiy noaniqlik tufayli to‘xtab qolmasligi kerak. 152
* Davlat shaxsiy resurslarini ekspluatatsiya qilishda suveren huquqqa ega, ammo bunda boshqa davlat atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. * Qashshoqlikka barham berish va dunyo miqyosida yashash tarzlaridagi keskin farqni kamaytirish barqaror taraqqiyot uchun «zaruriydir». * Barqaror taraqqiyotga erishishda xotin-qizlarning mutlaq teng huquqli ishtiroki zarur. * Sanoati rivojlangan mamlkatlar barqaror taraqqiyot uchun xalqaro kurashga global atrof-muhitga o‘zlarining jamiyatlari ko‘rsatayotgan bosim nuqtayi nazaridan, shuningdek, qo‘l ostilaridagi texnologiyalar va moliyaviy resurslar uchun o‘z mas’uliyatlarini tan oladilar. Huquqiy nuqtayi nazardan bevosita majburiyat yuklamaydigan O‘rmonlardan oqilona foydalanish bo‘yicha bayonot – o‘rmonlarga taalluqli birinchi global yagona munosabat ifodasi bo‘lib qoldi. Uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: - Barcha mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rmonlarni tiklash va o‘rmon boyliklarini muhofaza qilish yo‘li bilan «dunyoni ko‘kalamzorlashtirish» borasidagi sa’yharakatlarini kuchaytirishi lozim. - Davlatlar o‘zlarining barqaror taraqqiyot milliy yo‘nalishlari talablarini bajarishlarida, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos tarzda o‘rmonlarni rivojlantirish huquqlariga egadirlar. «Kun tartibida XXI asrga tashrif» dasturi hukumatlar tomonidan bajarilgan taqdirda dunyoni hozirgi beqaror iqtisodiy taraqqiyot modelidan chiqarish va bizning taqdirimizga taalluqli bo‘lgan muhim ekologik yo‘nalishlarni yoqlaydigan va yangilaydigan faoliyatni mo‘ljalga olishning batafsil rejalari belgilangan bo‘lar edi. Belgilab olingan faoliyatlar doirasida atmosferani muhofaza etish, o‘rmonlarni asrab qolish, tuproq eroziyasi va sahroga aylanishga qarshi kurash; havo va suv ifloslanishining oldini olish; baliq zaxiralarini kamayib ketishiga qarshi choralar ko‘rish; zaharli chiqindilarni kamaytirish masalasini hal qilishga ko‘maklashish kabilar bor. «Kun tartibida XXI asrga tashrif» dasturi taraqqiyot yo‘lining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan 153
qashshoqlik va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari, ishlab chiqarish va iste’molning beqaror modeli, demografik bo‘hron va xalqaro iqtisodiyot tuzilmalari kabi muammolarni ko‘tarmoqda. Shuningdek, harakat dasturi barqaror taraqqiyotga erishishda quyidagi asosiy guruhlar – xotin-qizlar, kasaba uyushmalari, fermerlar, bolalar va yoshlar, tub xalqlar, ilmiy hamjamiyatlar, mahalliy hukumatlar, ishbilarmon guruhlar, sanoat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari rolini kuchaytirish yo‘llarini tavsiya etadi. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asarida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda xususan, quyidagilar ta’kidlanadi: 1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishloq, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayot faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to‘xtatish. 2. Qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish. 3. Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishlarni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslanilgan tarzda o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim. 4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish kerak. 5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslanilgan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur. 154
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Ushbulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mamlakatimzda o‘tgan yillar davomida juda katta ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, atrof-muhitni asrab-avaylashga oid o‘ziga xos huquqiy baza yaratilishini o‘zi bundan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarini boshqarib turadigan qariyb 30 ta qonun va 350 dan ortiq me’yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling