Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII MAVZU. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI KASALLIKLARNING YUQISH YO‘LLARI VA PROFILAKTIKASI Ichterlama. Paratif «A» va «B» kasalliklari
Nazorat savollari
1. Ekologik ong nima? 2. Ekologik madaniyat tushunchasini ta’riflang. 3. Ekologik tarbiyaga nimalar kiradi? 4. Ekologik muhit va ekologik tizim tushunchalarini ta’riflang. 5. Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 155
XVII MAVZU. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI KASALLIKLARNING YUQISH YO‘LLARI VA PROFILAKTIKASI Ichterlama. Paratif «A» va «B» kasalliklari Ichak infeksiyalari guruhidagi kasalliklar klinikasida asosan oshqozon-ichak yo‘llari zararlanadi . Tif-paratif kasalliklarida nafaqat oshqozon-ichak yo‘llari zararlanadi, balki qo‘zg‘atuvchining qonga tushishi natijasida turli a’zo va to‘qimalarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Tif-paratif kasalliklaridan kasallanish so‘nggi yillarda bir muncha pasaygan bo‘lsada, hanuzgacha uchrab turadi. Hozirgi vaqtda ichterlamaning klinik belgilariga xos bo‘lmagan ko‘rinishlari kasallikni aniqlashda ancha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shuning uchun bemor ahvoliga baho berishda so‘rab- surishtirishning mohiyati katta. Bemorning shikoyatlariga alohida diqqat bilan e’tibor berish zarur, chunki bu xastalik o‘ziga xos kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo‘lishi, avjiga chiqishi va yana asta so‘nishi kuzatiladi. Bemor o‘zini noxush sezadi, quvvati kun sayin kamayib, ishtahasi yo‘qola boradi. Ko‘proq yotgisi keladi. Kasallikning muhim alomatlaridan biri - bosh og‘rishi. Bu og‘riq kun sayin zo‘raya boradi va boshning hamma qismi tutash og‘riydi. Tana harorati ham asta-sekin ko‘tarila boradi. Odatda kechqurungi harorat ertalabkisidan yuqoriroq, bugungisi – kechagidan ortiqroq bo‘lib, asta ko‘tarila boradi. Har kuni harorat 0,2-0,3°C orta boradi. Kasallik avjiga chiqqan davrda tana harorati ba’zan 1 -2 hafta 39-40°C da saqlanib turadi. Bunda dastlabki va kechki harorat ko‘rsatgichlaridagi farqi 1°C dan ortmaydi (doimiy harorat). Ishtaha butunlay yo‘qoladi, ich qotishi kuzatiladi. Bemorni atrof-muhitga hech qanday qiziqishi qolmaydi, o‘z dardi bilan «ovora» bo‘lib qoladi. Bemorni ko‘zdan kechirganda uning umumiy ahvolini baholash, terida toshmalar bor yo‘qligi, qachon paydo bo‘lganligi, xarakteri va toshma toshgan sohalariga e’tibor 156
beriladi. Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo u harorat ko‘tarilishiga mos kelmaydi, bu holat nisbiy yurak urishining pasayishi deyiladi. Til odatda quruq, kulrang-qoramtir karash bilan qoplangan bo‘lib, uning chetlari va uchi karash bilan qoplanmagan bo‘ladi. Til kattalashishi tufayli unda tish izlari aniqlanadi. Qorinni paypaslab ko‘rganda gaz va suyuqlik aralashishi tufayli ko‘richakning dag‘al quldirashi eshitiladi. Kasallikning birinchi haftasi oxirida jigar va taloq kattalashadi. Botulizm Botulizm nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan ovqatdan og‘ir zaharlanishdir.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling