Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarqalishi
- Yashirin davri
Qo‘zg‘atuvchisi: U harakatchan, issiqlikka chidamli, qobig‘
hosil qiluvchi va kuchli zaharga ega, yo‘g‘on tayoqchadir. Botulizm tayoqchalari A, B,°C O, E, G‘ turlariga bo‘linadi. Respublikamizda A, B va E turlari kasallik qo‘zg‘atadi. Tarqalishi: Botulizm qo‘zgatuvchisi uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida yashaydi. Ularning axlati orqali tashqariga ajraladi. Tashqi muhitda qobiq hosil qiladi va uzoq vaqt saqlanadi. Oziq - ovqatlarga tushib havosiz muhitda o‘sadi va kuchli zaharini (botulotoksin) ajratadi, bu ovqatlardan iste’mol qilinganda odamlar zaharlanishi mumkin. Hozirgi paytda go‘sht mahsulotlaridan kasallanish kamdan kam uchraydi. Kasallik ko‘proq uyda konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor va baqlajon iste’mol qilinganda kelib chiqadi. Yashirin davri 2-4 soatdan 10 – 14 kungacha, ko‘pincha 6 – 24 soat davom etadi. Kasallik ko‘pgina hollarda o‘tkir, botulizmga xos bo‘lmagan belgilar: umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, ko‘ngil aynishi, 2 -4 marta qayt qilish va ichi ketishi bilan boshlanadi. Botulizmda ich ketishi va qayt qilish uzoq davom etmaydi (6-24 soat). Kasallik boshlanganidan bir necha soatdan keyin yoki birinchi kunning oxiriga borib kasallikka xos belgilar: so‘lak bezlari, burun-yutqun va yuz mushaklarini faoliyatining buzilishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Ko‘z oldida to‘r paydo bo‘lishi yoki ko‘zning xiralashuvi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishi kabi belgilar bemorning 157 dastlabki shikoyatlaridan hisoblanadi. Bemorlar og‘iz qurishidan va ko‘p chanqashdan shikoyat qiladilar. Bemorning tovushi ham o‘zgaradi, u pasayib, xirillab so‘zlar tushunarsiz chiqadi hatto ovozning yo‘qolishi kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha qattiq quruq va suyuq ovqatni yutish qiyinlashadi, suyuq ovqat qisman nafas yo‘liga tushib, bemorlar qalqib qoladilar, qisman esa ovqat burundan qaytadi. Bemor ko‘zdan kechirilganda mushaklari bo‘shashgan, xamirsimon bo‘lib qoladi. Yuqori qovoqlarining osilib tushishi, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, har xil kattalikda bo‘lishi, yorug‘likka akkomodatsiyasining buzilishi, g‘ilaylik aniqlanadi. Belgilari es-hush joyida bo‘la turib rivojlanadi. Sezuvchanlikning buzilishi kuzatilmaydi. Kasallikning oxirgi davrida ko‘proq nafas funksiyasi buziladi. Bemorlar qiynalib, tez-tez yuza nafas oladilar. Ular ko‘krakda og‘riq turishidan, havo yetishmasligidan shikoyat qilishadi, o‘rinda alahsirashadi. Kislorod yetishmasligi, ko‘karish rivojlanib, nafas buzilishining zo‘rayib borishi o‘limning asosiy sababidir.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling