Nazorat savollari
1. Ekologiya nima?
2. Ekologik muammolarga misollar keltiring.
3. Ichimlik suvini tejash bo‘yicha qanday xatti-harakatlarni
olib borish kerak?
4. Sho‘rlanish va cho‘llanish tushunchalarini ta’riflang.
5. Genetik takomillashtirilgan mahsulotlar, deganda qanday
mahsulotlar tushuniladi?
6. Oziq-ovqat tanqisligining sabablarini ko‘rsating.
149
XVI MAVZU. O‘ZBEKISTON, MARKAZIY OSIYO
MINTAQASI VA XALQARO MIQYOSDA YUZAGA
KELAYOTGAN EKOLOGIK TAHDIDLAR
Ekologik muhitning buzilishi insoniyatning yashab qolishiga
xavf soluvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Shu sabab
eng asosiy harakat yoshlarda ekologik ong va madaniyatni
shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimining: oila, mahalla,
maktabgacha tarbiya va ta’limning barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi
uzluksizlik tamoyili yoshlarning tabiat muhofazasi haqidagi
nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda
muhim ahamiyatga egi. Zero, kishilarning tabiat muhofazasiga
doir faoliyatlari samaradorligi aynan shu bosqichlarni qay
darajada izchil tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir.
Yoshlarda ekologik ongni, madaniyatni rivojlantirish zarurati
va dolzarbligi shundaki, birinchidan, yuqorida ko‘rsatilgan
tizim elementlari, bosqichlari jamiyatning hamma a’zolarini
qamrab oladi va inson hayotida umumiy ijtimoiy ong kompleksi
shakllanadigan tarixiy muhit hisoblanadi. Ikkinchidan, turli
ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlarini ekologik ehtiyoj va tabiat
muhofazasi manfaatlari doirasida mujassamlashtirish vazifasi
ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot tizimi usullari va vositalarini
uyg‘unlashtirib, yoshlarning dastlabki nazariy bilimlarini, amaliy
ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |