Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Uchinchidan, ekologik ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqotning
ijtimoiy mohiyati va mazmuni yoshlar ekologik faolligi, mas’uliyatini shakllantirishga qaratilganida namoyon bo‘ladi. Ekologik tahdidlarni keyingi 100 yillikda naqadar ortib, u dunyoning turli burchaklarida turli ko‘rinishda namoyon bo‘layotgani va insoniyat hayotiga xavf solayotgani sir emas. Mintaqa davlatlari, shuningdek, mamlakatimizda ham xavf solib turuvchi omillardan biri ekologik muhitning yomonlashuvi ekanligini unutmasligimiz kerak. 150
Bugun yoshlarda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababdag ham bu borada ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlarga nazar solish va ular amalda qo‘llab kelan usul va uslublarni yoshlarimizga tushuntirishimiz zarur va shart hisoblanandi. Masalan, qadimiy urfu-odatlarimizga asoslangan qadriyatlarning vujudga kelishini, ularning mohiyatini ilmiy asoslanganligini o‘quvchilarga tushuntirish muhim o‘rin egallaydi. Suvga, havoga, tuproqqa bo‘lgan hurmatni ajdodarimiz tarixidan o‘rganishimiz va uni yoshlarga har tomonlama chuqur ilmiy asosda tushuntirishimiz katta samara beradi. Oddiygina suv jumragini o‘z vaqtida yopishga o‘rgatish, oshxona, uy-joy, hovli va ko‘chalarni toza va ozoda tutish ko‘nikmasini shakllantirish, toza havo inson organizmi uchun qanchalik zarur ekanligini anglatish, ularni ifloslantirganda insonning hayotiga solishi mumkin bo‘lgan xavfni tushuntirish, ekologik madaniyatni shakllantiruvchi dastlabki omillar hisoblanadi. Bundan uch ming yil ilgari xalqimizning ulkan ma’naviy, ilmiy va diniy merosidan biriga aylanib qolgan «Avesto» kitobi dunyoga keldi. Unda nafaqat diniy g‘oyalar yoki yakka xudolikkka intilish, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar va ularni tartibga solish, balki insonni atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlari ham o‘z aksini topdi. Kitobda insonning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabti qat’iy tartibga solindi va uni saqlab qolishga harakat qilindi. Unda hayot uchun zarur bo‘lgan to‘rt narsani sof va pok tutish qat’iy belgilab berildi. Bugungi kun nazari hamda ilm fanning erishgan yutuqlari asosida razm solinsa, bundan uch ming yil oldinoq ekologiyaning yomonlashuvini oldini olish uchun antropogen ta’sirning o‘rniga e’tibor qaratilgani va uni ma’lum tartibga solish uchun harakat qilingani, o‘z davrida ularga qonuniy va ma’naviy tus berilgani ayon bo‘ladi. Kitobda, to‘rt unsurdan biri - havoni toza tutish masalasi qo‘yildi. Bugun esa unga ilm-fan atmosfera, deb nom berdi. Ayni atmosferadagi muammolar insonni nafas olishini qiyinlashtirayotgani, unda 151 turli xil kasalliklar keltirib chiqarish xavfining ortayotgani tibbiyot sohasida isbotlab bo‘lindi. Inson toza havodan to‘yib nafas olmasa, uning qoni va qon orqali yurak, miya kabi organizmlar kislorod bilan boyimasligi va oqibatda yurak va qon aylanish tizimida turli kasalliklar kelib chiqishi ma’lum. Kislorod bilan to‘yinmagan qon inson xarakteriga, holatiga va uni jamiyatning sog‘lom kishilaridan biri bo‘- lib yetishishiga salbiy ta’sir etadi. Yerda mavjud havo zaxirasi ham aniq, undan foydalanish miqdori ham aniq, uni qayta hosil qilish ham aniq, biroq, uning tarkibiga qo‘shimcha gazlarni chiqarib yuborish, ifloslantirish jarayoni aniq emas. Ekologik muhitning buzilishi turli xil kasalliklarning ko‘payib ketishiga, bog‘-rog‘larni qurib tabiiy oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni ortib ketishiga, havoning turli xildagi gazlar bilan ifloslanib, inson immunitetini pasayishiga, suv tarkibining minerallashuvi ortib inson kelajagiga solayotgan tahdidi uning oldida kelajakda yashab qolish muammosini paydo qilmoqda. Holbuki, bu masala ilq bor 1913-yilda Shvetsariyaning Bern shahrida xalqaro miqyosda muhokama qilingan bo‘lib, o‘tgan 100 yil davomida juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Biroq, XXI asr bo‘sag‘asida bu masala yana qayta ko‘tarilib, yadro xavfidan keyingi eng katta tahdid sifatida maydonga chiqmoqda. Prezidentimiz I. Karimov ekologik tahdidlar haqida gapirar ekan u oxir-oqibat insonning genofondiga salbiy ta’sir etishini ko‘rsatib, unga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling