Hayotga qarshi jinoyatlar


Qasddan boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo`lgan usulda odam o`ldirish


Download 154.5 Kb.
bet12/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Qasddan boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo`lgan usulda odam o`ldirish
(JK 97-moddasi 2-qismi «d» bandi)

Odam o`ldirishning ushbu turi sodir etilganida aybdorning qasdi bir kishini hayotidan mahrum etishga qaratilgan bo`ladi, ammo aybdor qilmishni sodir etayotganida boshqa shaxslarning hayoti uchun xavf tug`iladi. Jinoyatni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo`lgan usulda qasddan odam o`ldirish, deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish uchun qo`llayotgan usuli boshqa shaxslarning hayotiga xavf tug`dirishini anglaganligini aniqlash lozim. Ko`pincha ushbu turda odam o`ldirish usuli jinoyat qurolining xususiyati bilan aniqlanadi.


Odam o`ldirishni JK 97-modda 2-qismi «d» bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning sodir etish usulini aniqlash zarur. Bunday usulga: ko`pchilikka, turarjoyda, transportda yoki odamlar to`planib turgan joyda tartibsiz ravishda o`q uzish, portlatish, odamlar bor bo`lgan uyni yoqib yuborish natijasida odam o`ldirish, quduqdagi suvni zaharlash va h.k.lar kiradi. Ammo odam o`ldirish usulining xavfliligi mavhum (abstrakt) emas, balki sodir etilgan jinoyatning aniq holatidan kelib chiqqan holda aniq baholanmog`i lozim. Masalan, hech kim bo`lmagan joyda shaxsni portlatish yoki transport vositasi bilan bosib ketish natijasida hayotidan mahrum qilganlik JK 97-modda 2-qismi «d» bandi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi, chunki bu holatlarda aybdorning xatti-harakati boshqa shaxslarning hayoti uchun real xavf tug`dirmaydi.
Haqiqatan ham boshqa shaxslarning hayoti uchun xavf mavjud bo`lganida va shu sharoitda boshqalarni hayotidan mahrum qilish mumkinligi ko`rinib turganidagina JK 97-moddasi 2-qismi «d» bandi bo`yicha javobgarlik vujudga keladi. “Usulning chinakam xavfliligi, har bir muayyan vaziyatda ishning barcha holatlaridan, chunonchi, aybdor ishlatgan jinoyat qurolining shikast yetkazish xususiyati, voqea joyida jabrlanuv­chidan tashqari o`zga shaxslar ham bo`lganligi va shu kabilardan kelib chiqqan holda aniqlanishi zarur”11[11].
Ko`p shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda odam o`ldirish vaqtida boshqa shaxslarga jarohat yetkazilgan bo`lsa, qilmish jinoyatlarning jami bo`yicha JKning badanga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan moddalari bilan ham kvalifikatsiya qilinadi. Agar jinoyat natijasida boshqa shaxslar ham o`lgan bo`lsa, aybdorning jinoyati ehtiyotsizlikdan odam o`ldirganlik uchun javobgarlik belgilangan moddalar bilan ham jinoyatlar jami sifatida kvalifikatsiya qilinadi.



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling