Hayotga qarshi jinoyatlar


Tamagirlik niyatida qasddan odam o`ldirish


Download 154.5 Kb.
bet15/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Tamagirlik niyatida qasddan odam o`ldirish
(O`zR JK 97-modda 2-qismining «i» bandi)

Tamagirlik niyatida qasddan odam o`ldirish deganda (O`zR JK 97-modda 2-qismining «i» bandi) – har xil moddiy naf (pul, mol-mulk, mulkiy huquqlar, uy-joy maydoniga bo`lgan huquq va h.k.) olishga qaratilgan yoki moddiy sarf-xarajatlardan, qarzni, alimentni to`lashdan qutulish istagida yoxud boshqa tamagirlik niyatida sodir etilgan odam o`ldirishdir, masalan, jabrlanuvchining yuqori lavozimini egallash uchun haq evaziga odam o`ldirish va h.k.lar tushuniladi.


Mulkiy tusdagi huquqlarini qo`lga kiritish maqsadida o`ldirilgan shaxs ham jabrlanuvchi bo`lishi mumkin.
O`zi yoki boshqa shaxslarning manfaatini ko`zlab moddiy naf ko`rish yoki shaxs biron-bir moddiy sarf-xarajatlar qilishdan qutulish maqsadida sodir etilganligidan qat'i nazar, odam o`ldirish tamagirlik niyatida sodir etilgan, deb hisoblanadi.
Agar odam o`ldirish, birinchidan, hujum qilib, ikkinchidan, mol-mulkni egallash maqsadida, uchinchidan, mol-mulkni egallash o`ldirishni sodir etish paytida yoki bevosita keyin sodir etilgan bo`lsa, bunda tamagirlik niyatidagi o`ldirish va bosqinchilik jinoyatlarning jami mavjud bo`ladi (O`zR JK 97-moddasi 2-qismining «i» bandi va JK 164-moddasi). O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorida: «Bosqinchilik, tovlamachilik bilan bog`liq holda qasddan odam o`ldirish harakatlari JK 97-moddasi 2-qismining “i” bandi hamda Jinoyat kodeksining bosqinchilik va tovlamachilik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi»16[16] deb aytilgan.
Tamagirlik odam o`ldirishning motivi sifatida o`ldirishdan oldin paydo bo`lgan bo`lishi kerak. Agar aybdor odam o`ldirishni boshqa motivlarga ko`ra, masalan o`ch olish, rashk tufayli sodir etsa, so`ngra jabrlanuvchining mol-mulkini egallab olsa, uning harakatlarini qasddan odam o`ldirish sifatida O`zR JK 97-moddasi 1-qismi va JK 169-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish zarur. Chunonchi, I.Toshmatov Komilov bilan dahanaki janjal chiqaradi, keyin bu mushtlashuvga aylandi. Toshmatov Komilovni yiqilib, o`lib qolgunicha uradi. Komilov yiqilayotganida uning hamyoni yerga tushadi, unda talaygina pul bor edi. Odam o`ldirishni sodir etganidan keyin I.Toshmatov hamyonni ko`rib qoladi va uni o`ziniki qilib oladi. Dastlab, I.Toshmatovning harakatlari tamagirlik niyatida odam o`ldirish va bosqinchilik hujumi sifatida noto`g`ri kvalifikatsiya qilingan edi. Keyinchalik, O`zR Oliy sudi uning harakatlarini mushtlashish jarayonida sodir etilgan odam o`ldirish (JK 97-moddasining 1-qismi) va o`g`irlik sodir etish (JK 169-modda) deb, qaytadan to`g`ri kvalifikatsiya qiladi. Negaki, Komilovning o`limiga qadar Toshmatovda uning pullarini egallab olish niyati bo`lmagan, pullarni egallab olish niyati jabrlanuvchining o`limidan so`ng paydo bo`lgan.
Tamagirlik niyatida qasddan odam o`ldirish aybdor egallab olishni xohlagan moddiy qimmatliklar yoki boshqa boyliklarni olgani yoki olmaganidan qat'i nazar o`lim yuz bergan paytdan e'tiboran tamom bo`lgan jinoyat, deb topiladi.
Tamagirlik niyatida qotillik bir guruh shaxslar tomoni­dan sodir etilgan hollarda faqat bajaruvchining harakatlarini, ushbu jinoyatning boshqa ishtirokchilari bilan oldindan til bi­riktirilmagan taqdirda, JK 97-moddasi 2-qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilish lozim. Boshqa ishtirokchilarning ha­rakatlari, ushbu modda 2-qismining “i” bandini istisno etgan holda, JK 97-moddasining tegishli qismlari bo`yicha kvalifi­katsiya qilinishi kerak.
Tamagirlik niyatida sodir etilgan qotillikning tashkilot­chisi, dalolatchisi yoki yordamchisining harakatlarini, qanday maqsadni ko`zlaganlaridan qat'i nazar, JKning 30-moddasi va 97-moddasi 2-qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling