Hayotga qarshi jinoyatlar
Milliy yoki irqiy adovat zamirida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bezorilik oqibatida qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «l» bandi)
Milliy yoki irqiy adovat zamirida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish
(O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «k» bandi) Jabrlanuvchining u yoki bu millatga, irqqa yoki elatga mansubligi bois, u yoki bu irq, millat yoxud elatning hayot tarziga, turmushiga, madaniyatiga, urf-odatiga, oilaviy tutumiga adovat yoki nafrat tufayli sodir etiladigan qotillik milliy yoki irqiy adovat zamirida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish (JK 97-moddasi 2-qismining “k” bandi) sifatida ko`rilishi zarur17[17]. Boshqa millat, irq yoxud elat vakilini tamagirlik, rashk, o`ch va hokazo sabablar bilan o`ldirish JK 97-moddasi 2-qismi “k” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilinmaydi. Ayni paytda aybdorda ushbu sabablar bilan birga mustaqil kvalifikatsiya qilinadigan belgilarni vujudga keltiradigan boshqa holatlar ham aniqlangan bo`lsa, bu kvalifikatsiya qilishda o`z aksini topishi shart. Shuni nazarda tutish kerakki, odam o`ldirishda millatchilik, irqchilik motivlarining mavjud bo`lishi ayni paytda subyektda boshqa: tamagirlik, bezorilik niyatlarining mavjud bo`lganligini istisno etmaydi. Bunday hollarda aybdorning qilmishlari O`zR JK 97-moddasi 2-qismining «k» bandi va 97-modda 2-qismining tegishli bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. Bezorilik oqibatida qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «l» bandi) Jamiyatga va umume'tirof etilgan axloq normalariga nisbatan oshkora hurmatsizlik, jamoat tartibiga oshkora bo`ysunmaslik, o`zini atrofdagilarga nisbatan qarshi qo`yish, ularga bepisand munosabatni namoyish etish istagi asosida sodir etilgan qasddan odam o`ldirish “l” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi. Bezorilik oqibatida odam o`ldirish ko`pincha hech qanday sababsiz yoki o`ldirish uchun arzimagan sababdan kelib chiqishi mumkin. Qotillikda bezorilik shu bilan tavsiflanadiki, subyekt ko`zga tashlanadigan sabablarsiz odam o`ldiradi va bundan qoniqish hosil qiladi, yoki jamiyatda o`rnatilgan xulq-atvor qoidalarini qasddan mensimaslik jarayonida jabrlanuvchini o`ldiradi. Bunday holda aybdorning harakatlari JK 277-moddasi bo`yicha qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi18[18]. Agar aybdor tomonidan bezorilik oqibatida odam o`ldirilgandan so`ng jamoat tartibini qo`pol ravishda buzish va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik ko`rsatish, shuningdek, o`zganing mol-mulkini yo`q qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bog`liq harakatlar qasddan sodir etilgan bo`lsa, qilmish JK 97-moddasi 2-qismining “l” bandi hamda JK 277-moddasining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim19[19]. Bezorilik oqibatida qotillik sodir etilgan joy qilmishni JK 97-moddasi 2-qismining “l” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. O`zaro janjal, shaxsiy adovat bilan bog`liq munosabatlar oqibatida sodir etilgan qotillikni, jamoat tartibi buzilgan bo`lsada, bezorilik oqibatida sodir etilgan qotillik deb qaramaslik lozim. “Bezorilik oqibatida qasddan odam o`ldirish jinoyatini o`zaro janjal yoki urushish oqibatida sodir etilgan qotillikdan (JK 97-moddasining birinchi qismi) farqlash uchun urush-janjal tashabbuskori kim ekanligi, nizo odam o`ldirishda bahona sifatida foydalanish aybdor tomonidan ataylab uyushtirilgan-uyushtirilmaganligini aniqlash lozim. Agar urush yoki janjal jabrlanuvchi tomonidan boshlangan bo`lsa yoki nizoga uning g`ayrihuquqiy xulq-atvori sabab bo`lgan bo`lsa, aybdor bezorilik oqibatida odam o`ldirish jinoyati uchun javobgar bo`lmaydi”20[20]. Shaxsning qasddan janjal paytida, sovuq munosabatlar tufayli, mushtlashish chog`ida o`ldirganligini ham, hatto bunda jamoat tartibi buzilgan bo`lsa ham, bezorilik oqibatidagi odam o`ldirish deb hisoblash mumkin emas. Bezorilik oqibatida odam o`ldirilganida boshqa motivlar: rashk, o`ch olish, nafrat, hasad singarilar ham bo`lishi mumkin. Bunday hollarda ana shu motivlarni farqlash va ulardan qaysi biri jinoyatni sodir etishda ustunlik qilganligini, qaysi motiv ustun bo`lganligini aniqlash muhimdir. Yuqoridagilarga asoslanib aybdorni JK97-modda 2-qismi qaysi bandi bilan javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi. Bezorilikni rashk va o`ch olishdan farqlash uchun bu motivlarning tabiati turlicha ekanligi inobatga olinmog`i lozim. Chunonchi, agar bezorilikning motivi jamoat tartibiga qarshi qaratilgan va aybdorning jabrlanuvchini mensimasligida ifodalansa, rashk va o`ch olish motivlari ayblanuvchi va jabrlanuvchi o`rtasidagi jinoyat sodir etishdan avvalgi shaxsiy munosabatlar hisoblanadi. Agar bezorilik oqibatida odam o`ldirish jarayonida aybdor jamoat tartibini buzgan bo`lsa, uning qilmishlari jinoyatlarning jami bo`yicha O`zR JK 97-modda 2-qismi «l» bandi va JK 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling