Hayotga qarshi jinoyatlar


Ommaviy tartibsizliklar jarayonida odam o`ldirish


Download 154.5 Kb.
bet13/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Ommaviy tartibsizliklar jarayonida odam o`ldirish
(JK 97-moddasi 2-qismi «ye» bandi)

Ushbu turdagi odam o`ldirishning ijtimoiy xavfliligi shundaki, aybdor ommaviy tartibsizliklar vaqtidagi tartibsizlik, g`olag`ovurdan foydalanib, jinoyatni sodir etadi. Jinoyatchilar ommaviy tartibsizlik vaqtida odam o`ldirishni sodir etayotgan vaqt­da hayosizlarcha, surbetlarcha harakat qiladilar va o`z qilmishlari tartibsizlik qilayotgan to`da tomonidan sodir etilgan deb hisoblanadi, deb o`ylaydilar.


Ushbu jinoyatning subyekti bir vaqtning o`zida ommaviy tartibsizliklarning ham tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi bo`lsa, uning qilmishlari jinoyatlarning jami – JK 244-moddasi va JK 97-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Odam o`ldirish aynan ommaviy tartibsizliklar bo`layotgan vaqtda sodir etilganidagina aybdorning qilmishi JK 97-modda 2-qismi ushbu bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.


O`ta shafqatsizlik bilan odam o`ldirish
(JK 97-moddasi 2-qismi «j» bandi)

O`ta shafqatsizlik shaxsning rahmsizligi, axloqsizligidan dalolat beradi.


JK 97-modda 2-qismi «j» bandida oddiy shafqatsizlik emas, balki o`ta shafqatsizlik haqida gap boradi. Odam o`ldirish hamma vaqt ham shafqatsizlikdir. O`ta shafqatsizlik nimalarda namoyon bo`ladiq U eng avvalo jinoyatni sodir etish usulida namoyon bo`ladi.
Ushbu holatda sud-tergov organlari o`ta shafqatsizlik tushunchasi odam o`ldirish usuli bilan ham, aybdor o`ta shafqatsizlikni namoyon etishidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar bilan ham bog`lani­shini nazarda tutishlari lozim. Qilmishning sharhlanayotgan moddaning ushbu bandi bilan kvalifikatsiya qilinishiga faqat ayblanuvchida o`ta shafqatsizlik bilan odam o`ldirish qasdi mav­jud bo`lgandagina yo`l quyiladi12[12].
Jabrlanuvchini o`ldirish oldidan yoki bevosita o`ldirish ja­rayonida qiynoqqa solish, unga azob berish, uning badaniga dam-badam ko`p miqdorda jarohat yetkazish, uni o`limga olib keladigan darajada oziq-ovqatdan, issiqlikdan mahrum qilish, kuchli og`riq beruvchi zahardan foydalanish, tiriklayin yoqib yuborish va hokazolarni qo`llab azob berishni o`ta shafqat­sizlik deb e'tirof etish kerak. Ayni paytda jabrlanuvchiga ko`plab tan jarohati yetkazishning o`zi qotillik o`ta shafqatsiz­lik bilan sodir etilgan deyishga asos bo`la ol­maydi, chunki mazkur belgi mavjud bo`lishi uchun qotillik jabr­lanuvchiga alohida qiynoqlar yoki o`ta azob yetkazish qasdi bilan sodir etganligini aniqlash lozim.
Hayotdan mahrum qilish jabrlanuvchining yaqinlari ko`z oldi­da amalga oshirilgan, aybdor o`z xatti-harakati bilan ularga alohida azob yetkazayotganligini anglagan bo`lsa, odam o`ldirish o`ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan deb topilishi lozim. “Jabrlanuvchining yaqin kishilari qatoriga, uning yaqin qarindoshlaridan tashqari, jabrlanuvchi bilan alohida shaxsiy do`stona munosabatda bo`lgan shaxslar ham kirishi mumkin”13[13].
Murdani tahqirlash, uni yo`q qilish yoki qismlarga ajratish o`ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik sifatida baho­lanishi mumkin emas. Bunday harakatlar Jinoyat kodeksining murdani tahqirlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 134-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilinadi14[14].
Bir guruh shaxslar tomonidan o`ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o`ldirilgan hollarda, JK 97-moddasi “j” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilish faqat qotillikni amalga oshiruvchi shaxs­ning harakatlariga nisbatan qo`llanishini ta'kidlash zarur. boshqa ishtirokchilarning harakati esa JK 97-moddasining tegishli qismlari bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi, JK 97-moddasi “j” bandiga ko`ra o`ta shafqatsizlik bilan odam o`ldirish to`g`risida ular o`rtasida dastlabki til birikti­ruv bo`lmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi15[15].
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan huquqqa xilof zo`rlik yoki og`ir haqorat tufayli to`satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonla­nish yoxud zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib sodir etilgan odam o`ldirish, garchi ko`p miqdorda tan jarohati yetkazish yoki jabrlanuvchini yaqin kishilari ko`z oldida o`ldirish singari o`ta shafqatsizlik alomatlariga ega bo`lsa ham, JKning 98-moddasi yoki 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi nazarda tuti­lishi lozim.
Bolalarni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari oldida o`ldirish ham o`ta shafqatsizlik bilan odam o`ldirish, deb hisoblanadi. Uxlab yotgan kishini o`ldirganlik uchun aybdor ushbu band bilan javobgarlikka tortilmaydi, chunki jabrlanuvchi o`zining o`ldirilayotganligi faktini anglamaydi. Shafqatsizlik tibbiy emas, balki ijtimoiy tushunchadir, shu sababdan qilmishning o`ta shafqatsizlik bilan sodir etilganligi to`g`risida ekspert xulosasiga ehtiyoj yo`q.

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling